3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Olib qo‘yish tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar


Download 203.16 Kb.
bet11/15
Sana26.03.2023
Hajmi203.16 Kb.
#1297985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan

Olib qo‘yish tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.



Agar surishtiruvchi, tergovchi va sud jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va xujjatlarning aynan kimda va qaerda ekanligi haqidagi ma’lumotlarta ega bo`lsalar ularni olib qo`yishga haqlidir (JPK 157-m.). Bunday olib qo`yish surishtiruvchi yoki tergovchining qarori yohud sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi. Ushbu xujjatlarda qaerda va kimning xonasida olib qo`yish tergov harakatini amalga oshirish kerakligi, qanday narsa va xujjatlar olib qo`yilishi lozimligi ko`rsatiladi (JPK 159-m.).
Olib qo`yish yoki tintuv o`tkazishda holislar, ayrim hollarda esa mutaxassis va tarjimon ham ishtirok etadilar. Bunda olib qo`yish jarayonida bu harakat uyida o`tkazilayotgan shaxsining ishtirok etishi ta’minlanishi lozim.
Agar davlat sirlariga ega bo`lgan narsa va xujjatlar olib qo`yiladigan bo`lsa, olib qo`yish haqidagi qarorga prokupopning sanksiyasi olinishi kerak. Bunday olib qo`yish chogida davlat sirlarini bilishiga ruxsat etilgan holislar ishtirok etgani ma’qul.
Tintuv qilinayotganlarga, holislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga olib qo`yish o`tkaznlishidan avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chogida xozir bo`lish hamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqi tushutirilishi kerak. Bunday arz bayoniomaga kiritilishi shart (JPK 160-m.).
Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qo`yish haqidagi qarorga yoki ajrimga asosan turar joyga yoki boshqa binoga kirishga haqlidir, bunda ular olib qo`yish o`tkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qo`ydirishi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo`yish chogida qaror yoki ajrim bilan tanishtirganidan so`ng olinishi lozim bo`lgan narsa va xujjatlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan taqdirda majburiy ravishda oladi. Agar bu narsa va xujjatlar olib qo`yishni amalga oshirishi to`grsidagi qarorda yoki ajrimda ko`rsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv o`tkaziladi.
Olinayotgan narsa va xujjatlarning hammasi holislarga, olib qo`yish yoki tintuv o`tkazishda ishtirok etgan boshqa shaxslarga ko`rsatiladi, bayonnomada to`liq aks ettiriladi, zarurat bo`lgan taqdirda o`rab, muhrlanadi. Uralgan va muhrlangan narsa va xujjatlarni keyingi tergov davomida ochishga faqat holislar ishtirokida yo`l qo`yiladi.
Olib qo`yish majburiy ravishda amalga oshirilganlngi sababli, undagi yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi o`z ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa, surishtiruvchi yoki tergovchi ularni ochishga haqlidir. Bunda zarurat bo`lmaganida qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning shikastlantirilishiga yo`l qo`yilmasligi hamda uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim (JPK 161-m.).
Surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiymlari, shuningdek uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va xujjatlarni olib qo`yishi mumkin.
Sud tomonidan o`tkazilgan narsa va xujjatlarni olib qo`yish natijalari sud majlisi bayoniomasida aks ettiriladi.
Bayoniomada narsa va xujjatlarning aynan qaerda va qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi ko`rsatilishi lozim. Barcha olingan narsa va xujjatlar bayoniomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, o`lchovi, ogirligi, har qaysisining o`ziga xos belgilari ko`rsatilishi, zarurat bo`lgan taqdirda o`ralishi va muhrlanishi lozim.
Olib qo`yish vaqtida izlanayotgan narsa va xujjatlarni yo`q qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir bo`lgan taqdirda, bu hol surishtiruvchi yoki tergovchi ko`rgan choralar ham ko`rsatilib bayoniomada aks ettirilishi lozim (JPK 163-m.).
Olib qo`yish to`grsidagi qaror va bayoniomaning nusxasi sud majlisining olib qo`yishni o`tkazish to`grisidagi bayoniomasidan ko`chirma tintilgan shaxsga yoki uning voyaga etgan oila a’zolariga, ular bo`lmagan taqdirda esa, tegiishi xokimiyat yohud fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qo`yilayotgan xujjatlarning nusxalari beriladi. (JPK 164-m.).
Pochta-telegraf jo`natmalarini olib qo`yish anchagina o`ziga xos jixatlarga ega. Bu harakat JPKda pochta-telegraf jo`natmalarini xatlash deb nomlangan (JPK 166-m.).
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo`natmalarida sodir etilgan jinoyatga doir ma’lumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, buyumlar bor deb gumon qilish uchun etarlicha asoslar mavjud bo‘lganda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi mazkur shaxslarning barcha pochta-telegraf jo`natmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorida:

  • xat-xabarlari ushlab turilishi lozim bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • bu shaxsning doimiy yashash joyi manzili;

  • xatlanayotgan pochta-telegraf jo‘natmalarining turlari;

  • xatlash chorasining muddati;

  • jo‘natmalarni ushlab turish va bu haqda prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga ma’lum qilish majburiyati yuklatilgan aloqa muassasasining nomi ko‘rsatiladi.

Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi masala JPKning tegishli boblarida belgilangan tartibda, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash esa JPK tegishli boblarida belgilangan tartibda nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
Sudya pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida yoki pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Sudyaning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sud ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi ajrim tegishli aloqa muassasasining boshlig‘iga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu ajrimni bajarmaganlik yoki uning mazmunini oshkor etganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Aloqa muassasasining boshlig‘i sud ajrimida ko‘rsatilgan xat-xabarlar va boshqa jo‘natmalarni ushlab turadi hamda bu haqda prokurorga, tergovchiga, surishtiruvchiga yoki sudga darhol ma’lum qiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta-telegraf jo`natmalarini holislar ishtirokida, zarurat bo`lganda esa, tegishli mutaxassis ishtirokida ochib, ko`zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, xujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo`natmalarini olib qo`yadi yohud ulardan nusxa ko`chirish bilan cheklanadi. Agar ko`zdan kechirilgan jo`natmalarda ish uchun ahamiyatga molik ma’lu­motlar, xujjatlar, narsalar bo`lmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga etkazish yoki o`zi belgilangan muddatgacha ushlab turish haqida ko`rsatma beradi.
Ushlangan jo`natmalar ko`zdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuziladi. Unda qaysi pochta-telegraf jo`natmalari ko`zdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi jo`natmalardan nusxalar olinganligi ko`rsatilishi lozim (JPK 167-m.).
Pochta-telegraf jo`natmalarini xatlab qo`yish chorasini qo`llashga zarurat qolmasa, xatlab qo`ygan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu chorani bekor qiladi. Dastlabki tergov davomida ishni tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa, ishni tugatilishi haqida ajrim chiqarilganda yohud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qo`yish chorasi bekor qilinishi lozim (JPK 168-m.).




  1. Download 203.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling