3-mavzu: Tilning semiotik tabiati. Tilshunoslik bo'limlari. Tilning fonetik-fonologik sathi Reja


Download 1.57 Mb.
bet4/5
Sana09.05.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1448810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tilning semiotik tabiati.

Savollar
1. Sigmatik aspekt nima?
2. Sintaktik aspektni tushuntiring.
3. Semantik aspekt nima?
4. Pragmatik aspekt haqida gapiring.
5. Semiotika va uning yo‘nalishlari haqida ma’lumot bering.
FONETIKA Fonetika grekcha phone - tovush so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tilning tovush tomonini o'rganadi. Tovushlar bir-biridan akustik, ya’ni eshitilishi jihatdan farq qiladi va so'zlarning shakllanishi va ajralib turishi uchun xizmat qiladi. Nutq tovushlari murakkab hodisa bo'lib, ular quyidagi xususiyatlarga egadir: 1) tovushlar – fizik hodisa, chunki ular havo zarrachalarining tebranuvchi harakati natijasidir; 2) tovushlar – fiziologik hodisa, chunki ular nutq organlarida hosil bo'ladi; 3) tovushlar psixik hodisadir, chunki ularning paydo bo'lishi ongli harakat natijasidir; 4) tovushlar ijtimoiy hodisadir, chunki ular aloqa vositasi bo'lgan til elementlaridir.
  • NUTQ A’ZOLARI Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi qismlar nutq a’zolari deyiladi. Nutq a’zolarining jami nutq apparatini tashkil etadi. Bular diafragma, o'pka, kekirdak, ovoz paychalari, bo'g'iz, bo'g'iz qopqog'i, kichik til, tanglay, til, tish, labdir. Nutq apparati uch qismdan iborat: 1. Ovoz paychalaridan pastki qism: o'pka, nafas olish yo'llari, kekirdak, diafragma. 2. Bo'g'iz. 3. Ovoz paychalaridan yuqoridagi qism: bo'g'iz qopqog'i, og'iz bo'shlig'i, burun bo'shlig'i, qattiq va yumshoq tanglay, til, kichik til, ustki va pastki tishlar, ustki va pastki lablar kiradi.

FONOLOGIYA
Fonologiya tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, u tilning tovush materiyasi taraqqiyotini va shu materiyaning fonologik sistemaga uyushish qonuniyatlarini hamda tildagi vazifalarini tadqiq qiladi. Bu sohaning o'ziga xos jihati shundaki, u o'z obyektini semiotik aspektda (belgilar tizimi sifatida) o'rganadi. Tilshunoslikda fonologiyaning fan sifatidagi maqomi xususida ikki xil fikr mavjud. Birinchi fikrga ko'ra, fonologiya fonetikaning o'zi emas, chunki fonetika nutq tovushlarinifonologiya esa til tovushlarini o'rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta’limot – fonetika aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi ta’limot – fonologiya esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususiyatlarini tadqiq qiladi. Shunga ko'ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling