3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


-rasm. Tuproqdagi turli kategoriyalardagi suvlar sxemasi


Download 298.41 Kb.
bet10/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

10-rasm. Tuproqdagi turli kategoriyalardagi suvlar sxemasi
1- gigroskopik suv; 2- maksimal gigroskopiklik; 3 va 4- pardali; 5- gravitasion suv bilan óralgan tuproq zarralari.
Fizik bósh birikkan (parda) suv. Maksimal gigroskopik namga ega bólgan tuproq, sernam sharoitda suyuq holdagi suvning bir qismini óziga singdirib oladi va zarrachalar yuzasida yupqa suv pardasi hosil qiladi. Bu qóshimcha singdirilgan nam parda suv yoki bósh birikkan suv deyiladi. Parda shaklidagi suv odatda maksimal gigroskopik nam qatlamining usti (yuzasi) da joylashadi (14-rasm). Suv pardasining qalinligi bir necha ón suv molekulasigacha yetadi va maksimal gigroksopiklikdan 2-4 marta yuqori bólishi mumkin. Parda suv kamroq kuch bilan ushlanib turilganidan, pardasi qalin bólgan joydan pardasi yupqa zarrachalar tomonga qarab suyuq holda harakat qiladi. Lekin bu harakat juda sekin bóladi. Ósimliklar uchun parda suv qisman singadigan holdadir.
Kapillyar suv tuproqdagi nozik-qilsimon g’ovakliklarda saqlangan suv bólib, kapillyar (menisk) kuchlar ta’sirida harakat qiladi. Kapillyar kuchlar zarrachalar orasidagi g’ovakliklarning ólchami 10 mm bólganda yuzaga kelib, diametri 0,1 dan 0,001 mm gacha bólganda, ayniqsa yuqoridir (11 a -rasm). Tuproqdagi kapillyar sistema nihoyatda murakkab holatda bólib, ular bir-biriga bog’liq kóplab yirik va nozik kapillyarlar yig’indisidan iborat (11 b -rasm).

11a-rasm.Silindrik va bir toraygan, bir kengaygan kapillyarlarda suvning kótarilishi (A.A.Rodedan)

  1. juda kichik silindrsimon kapillyar; b- biroz kattaroq silindrsimon kapillyar; v- va g- shyotkasimon silindrlar, kengaygan joyining diametri kengroq kapillyar diametriga, qisqargan joyidagi diametri esa nozik kapillyar diametriga teng.

Kapillyar suv ózining manbai va kapillyar yóllar orqali harakatlanish xususiyatiga kóra, asosan ikki xil: tiralgan (kótariluvchi) kapillyar suv va muallaq kapillyar suvlarga bólinadi. Tiralgan (kótariluvchi) kapillyar suvning manbai asosan sizot suvlarga bog’liq bólib, uning pastki uchi sizot suvi bilan tutashgan va mavjud sharoitga qarab harakatlanadi. Fizik bug’lanish va ósimliklar uchun sarf bóladigan namlik órni ana shu kótariluvchi kapillyar suv bilan doim va tóxtovsiz tóldirilib turiladi. Muallaq kapillyar suv sizot suvi manbalari bilan bog’iq bólmasdan, qatlam orasida joylashadi. Bu suv strukturali tuproqlarda yog’ingarchilikdan keyin yoki sug’orishdan sóng yuzaga keladi. Sizot suvlari chuqur joylashgan sharoitda muallaq kapillyar suv ósimliklarni nam bilan ta’minlovchi asosiy manba bólib hisoblanadi. Shórlanmagan tuproqlarda, kapillyar suvning osmotik bosimi yirik kapillyarlarda 0,5 atm., nozik kapillyarlarda esa 3-4 atm. atrofida ózgarib turadi. Shuning uchun ham kapillyar suv ósimliklarni ta’minlaydigan asosiy suv manbai hisoblanadi.


Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling