3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Download 298.41 Kb.
bet18/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-lektsiya

O2 va CO2 ning tuproq jarayonlari va ósimliklar hayotidagi roli.
Tuproqdagi kislorodning asosiy qismini ósimlik ildizlari, aerob mikroorganizmlar va tuproq jonivorlari (faunasi) ózlashtiradi, uncha kóp bólmagan kismi tuproqda kechadigan sof kimyoviy jarayonlarga sarflanadi.
Asosiy tuproqlarning haydalma qatlamlarida 200 C sharoitida 1 soatda 1 kg quruq tuproqda 0,5 dan 5 ml va undan kóproq O2 singdiriladi. Sutka davomida tuproqlardan gektariga 10-20 dan 200 kg gacha CO2 ajraladi. Aerasiya yaxshi bólganda singdirilgan kislorodga teng yoki biroz kamroq miqdorda CO2 ajraladi va nafas olish koeffisiyenti ya’ni ajraladigan CO2 ning singdirilgan O2 ga nisbati birga yaqin bóladi. Havo almashinuvi qiyin bólgan sharoitda nafas olish koeffisiyenti birdan yuqori bóladi, chunki bunday tuproqlarda kóp miqdorda anaerob zonachalar hosil bólib, singdirilgan kislorodsiz ham CO2 yuzaga keladi. Kislorod tuproqqa atmosferadan diffuziya natijasida, yog’inlar va sug’orish suvlari bilan, shuningdek ósimliklarning havo ótkazuvchi hujayralari orqali ótadi. Kislorod bevosita ósimliklarning nafas olishi uchun sarflanadi. Madaniy ósimliklarning 1 g quruq modda hosil qilish uchun, ularning ildizlari orqali órtacha 1 mg kislorod sarflanadi. Tuproqda erkin holdagi kislorod bólmaganda ósimliklarning rivojlanishi tóxtaydi. Tuproq havosidagi O2 ning miqdori 20 foizga yaqin bólganda ósimliklar uchun eng maqbul sharoit yaratiladi.
Ósimliklar tuproq havosining tarkibiga juda sezuvchan bóladi. G’óza tuproq havosida CO2 10 foizgacha, lekin kislorod miqdori 10-12 foizdan kam bólmagan sharoitda normal ósadi. Umuman tuproq havosidagi kislorod 5 foizdan kam bólganda ham, 90-100 foizga qadarli oshganda ham, ósimliklarning ósib rivojlanishi pasayadi. Kislorodning ósimliklar mahsuldorligiga bilvosita ta’siri, uning tuproqdagi jarayonlarga ta’siri bilan ifodalanadi. Tuproqda O2 yetishmaganda anaerob jarayonlar rivojlanib, ósimliklar uchun zaharli birikmalar hosil bóladi, ósimliklar uchun oson ózlashadigan oziq moddalar kamayadi, fizik xossalari yomonlashadi, bularning barchasi, tuproq unumdorligi va ekinlar hosilining kamayishiga olib keladi. Havo yaxshi kirib turadigan sharoitda, aerob jarayonlar boshqa omillar bilan birga, ósimliklarning rivojlanishi uchun maqbul sharoit yuzaga keladi.
Tuproqdagi karbonat angidridi asosan biologik jarayonlar natijasida tóplanadi. Qisman CO2, tuproq havosiga sizot suvlaridan va shuningdek tuproqning qattiq va suyuq fazalaridan, uning adsorbilanishi natijasida kirib tóplanishi mumkin. Qisman CO2 tuproq eritmasi bug’langanda, uning tarkibidagi bikarbonatlarning karbonatlarga aylanishi (Ca (HCO3)2 = Ca CO3 + H2O+CO2) va shuningdek, tuproq karbonatlariga turli kislotalarning ta’siri hamda organik moddalarning kimyoviy oksidlanishi natijasida hosil bóladi. Tuproq havosidagi CO2 ning konsentrasiyasi 2-3 foizdan oshganda, ósimliklarning ósib rivojlanishi susayadi. Tuproq havosidagi CO2 miqdori 30 foiz bólganda ósimliklar yomon ósib, 60 foizga yetganda nobud bóladi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling