3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Tuproqning havo xossasi va havo rejimi


Download 298.41 Kb.
bet16/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-lektsiya

3. Tuproqning havo xossasi va havo rejimi. Tuproqning nam bólmagan bóshliqlarini egallab turuvchi turli gazlar va uchuvchi organik birikmalar aralashmasiga tuproq havosi deyiladi. Tuproq havosi yoki gaz fazasi tuproqning muhim tarkibiy qismi bólib, uning qattiq, suyuq va tirik organizmlardan iborat qismlari bilan bevosita bog’liq hamda ósimliklarning hayotiy omillaridan biridir. Tuproq havosi va uning tarkibi tuproqda kechadigan turli jarayonlarda aktiv ishtirok etadi. Tuproq havosidagi kislorod oksidlanish reaksiyasi va organik moddalarning parchalanishida faol qatnashadi. Kislorod ta’sirida ayrim kimyoviy elementlar (Fe, Mn) oksidlanib, qiyin eriydigan shaklga, ayrimlari esa (oltingugurt, vanadiy, xrom) tez eriydigan holga ótadi. Demak, kislorod ba’zi elementlarning harakati (migrasiyasi) ni tezlashtirib, boshqalarni sekinlashtiradi. Organik moddalarning oksidlanishi natijasida tuproqdagi uglerod, azot, fosfor, oltingugurt kabi biologik muhim kimyoviy elementlarning aylanishi yuzaga keladi.
Tuproq havosi fotosintez jarayonida ósimliklar foydalanadigan karbonat angidrid gazining manbai ham hisoblanadi. Hosil yaratish uchun sarflanadigan jami CO2 miqdorining 38-72 foizini ósimlik tuproqdan oladi.
Tuproqdagi havo shuningdek, tuganak va azot tóplovchi bakteriyalarni azot bilan ta’minlaydi. Havo tarkibidagi suv bug’i tuproqning yillik va sutkalik suv balansida katta ahamiyatga molik. Tuproq havosi tuproqda erkin, adsorbirlangan va erigan holatda bóladi.
Erkin tuproq havosi tuproqning nokapillyar va kapillyar bóshliqlarida saqlangan bólib, erkin harakatlanadi hamda atmosfera havosi bilan almashib turadi. Amalda kópincha suv bilan tólmagan nokapillyar g’ovakliklardagi havo, tuproq aerasiyasida alohida ahamiyatga ega. Qumoq va soz tuproqlar namlanganda, undagi suv erkin havoning tuproq bóshliqlaridagi yaxlitligini buzadi. Bunday havo siqilgan havo deyiladi va bu havoning aerasiya uchun ahamiyati juda kam.
A d s o r b i r l a n g a n t u p r o q h a v o s i - tuproq qattiq qismi yuzasida yutilgan gazlardan iborat. Og’ir mexanik tarkibli va gumusga boy tuproqlarda gazlar adsorbsiyasi yuqori bóladi. Gazlar, molekulalarining tuzilishiga kóra tuproqda quyidagi tartibda adsorbirlanadi: N2 < O2 < CO2 < NH3
E r i g a n sh a k l d a g i t u p r o q h a v o s i - tuproq suvida erigan gazlar hisoblanadi. Ammiak, vodorod sulfidi va karbonat angidridi suvda yaxshi eriydi. Kislorodning eruvchanligi uncha yuqori emas. Suvda erigan gazlar yuqori aktivlikka ega. Tuproq eritmasi CO2 bilan tóyinganda karbonatlar, gips va boshqa mineral birikmalarning eruvchanligi oshadi. Erigan kislorod hisobiga tuproq eritmasining oksidlash xususiyati saqlanib turadi. Tuproqning harorati va undagi kimyoviy jarayonlarning faolligiga kóra tuproq eritmasidagi kislorod miqdori O dan 14 mg\l gacha ózgarib turadi. Tuproq eritmasining kislorod bilan eng kóp tóyingan davri (6-14 mg\l) erta bahor hisoblanadi. Buning sababi, kislorodga boy bólgan namning tuproqda kóp bólishi va bu vaqtda hali biologik jarayonlarning aktivligi pastligidir. Ósimliklar ildiz sistemalarining kislorodga bólgan talabi, doim aerasiyalanib turuvchi erkin tuproq xavosi bilan ta’minlanadi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling