3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja
Download 298.41 Kb.
|
3-lektsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq va atmosfera havosi orasidagi gaz almashinuvi.
Tuproqning nafas olishi.
Tuproq yuzasidan atmosferaning quyi qismlariga CO2 ning ajralib chiqishiga va kislorodning tuproqqa kirish jarayoniga tuproqning nafas olishi deyiladi. Tuproqdan ajraladigan CO2 ósimliklarning fotosintez jarayoni uchun foydalaniladi. Tuproqning nafas olish jadalligi tuproqning xossalariga, gidrotermik sharoitlariga, ósimliklar qoplamiga va olib boriladigan agrotexnika tadbirlariga bog’liq. Madaniylashgan tuproqlarda biologik jarayonlarning aktiv kechishi natijasida va unda aerasiya sharoiti yaxshi bólganligidan CO2 ajralishi kuchli bóladi. Demak, tuproqning nafas olish intensivligi tuproqdagi havo almashinuvi va biologik jarayonlarning aktivligini xarakterlovchi muhim kórsatkichdir. CO2 ning ajraladigan miqdori turli tuproq-iqlim sharoitlarida har xil bóladi. Masalan, tundraning torfli-gley tuproqlarida bir yilda 0,3 t\ga CO2 ajraladigan bólsa, igna bargli órmonlarning podzol tuproqlarida - 20 dan 60 gacha, dasht qora tuproqlarda 40-70 t\ga. ni tashkil etadi. Tuproq va atmosfera havosi orasidagi gaz almashinuvi. Tuproqning gazsimon qismi bilan atmosfera havosining tóxtovsiz va ma’lum tezlikda almashinib turishiga gaz almashinish yoki aerasiya jarayoni deyiladi. Gaz almashinuvi yoki aerasiya bir-biri bilan va atmosfera bilan bog’liq bólgan alohida havo saqlovchi tuproq g’ovakliklari orqali yuzaga keladi. Gaz almashinuv omillariga: diffuziya, yog’inlar yoki sug’orish hisobiga namning tuproqqa kirishi, tuproq harorati va atmosfera bosimining ózgarishi, shamolning ta’siri, sizot suvlari sathining ózgarishi kabilar kiradi. Diffuziya - tuproq qatlamlaridagi óziga xos parsial bosim ta’sirida gazlarning almashib turishidir. Atmosfera havosiga nisbatan tuproq havosida O2 kam va CO2 kóp bólganidan, diffuziya ta’sirida tuproqqa O2ning uzluksiz kirib, CO2 ning esa atmosferaga ajralib chiqishi uchun sharoit yaratiladi. Yog’inlar va sug’orish natijasida tuproq g’ovakliklariga kiradigan suv tufayli havo siqilib, yuqoriga qarab chiqadi, kovakliklardagi nam sarflanib ketganidan keyin esa uning órniga atmosfera havosi sórib olinadi. Tuproq haroratining va atmosfera bosimining ózgarishi, shamol ta’siri, sizot suvlari sathining ózgarishi ham tuproqdagi havo hajmini, jumladan tuproqqa kiradigan va chiqadigan havo oqimini ózgartiradi. Tuproq orqali bóladigan gazlar diffuziyasi erkin havodagiga nisbatan sekinroq boradi. Tuproqdagi gaz diffuziyasi (D) bilan shu gazlarning atmosferadagi diffuziya koeffisiyenti (D0) ga bólgan nisbati odatda birdan past. Download 298.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling