3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Download 298.41 Kb.
bet15/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

Tuproqning suv rejimi tiplari.
Tuproqda suvning tóplanishi, uning harakati va fizik holatining ózgarishi, tuproq qatlamlarida ushlanib turilishi hamda sarfi kabi barcha hodisalar yig’indisiga tuproqning suv rejimi deyiladi. Bu hodisalar (suv rejimi elementlari) ning miqdoriy kórsatkichlari (tuproq nami harakatining asosiy yónalishi va tuproq namligining ózgarish chegarasi) ga kóra tuproq suv rejimining turli tiplari yuzaga keladi. Tuproqning suv rejimi miqdor jihatdan suv balansi orqali ifodalanadi. Tuproqdagi muayyan suv rejimining yuzaga kelishi suv balansining kirim va sarfi qismlari bilan bog’liq. Bu esa óz navbatida joyning iqlim sharoitlari, ósimliklari, tuproq-gruntlarning suv xossalariga, relyef sharoitlariga, sizot suvlarining chuqurligiga va tuproqdagi doimiy muzlagan qatlam ta’siriga hamda insonlarning ishlab chiqarish faoliyatiga bog’liq. Tuproqning suv rejimi va uning tiplari haqidagi ta’limot asoschisi akademik N.G.Visoskiydir. U suv rejimining yuviladigan (permasid), davriy yuviladigan, yuvilmaydigan (impermasid) va terlaydigan (ekssudasion) kabi tiplarini ajratishni tavsiya etadi. G.N.Visoskiy qarashlarini rivojlantirib A.A.Rode ikki yangi tipdagi - muzlaydigan va irrigasion suv rejimlarini qóshimcha qilib kiritdi hamda barcha tiplarni 16 tipchaga ajratdi. Quyida tuproq suv rejiminining asosiy tiplariga qisqacha xarakteristika beriladi.
1. Muzlaydigan tip. Abadiy muzlikli ólka, nohiyalarda tarqalgan. Yoz faslida yer yuza qatlami biroz eriydi, ammo uning pastki qismi deyarli erimaganligi sababli, suvni ótkazmaydi. Natijada muzlagan suvtósar qatlam ustida suv tóplanadi hamda bug’lanish kam bólganidan, tuproqda óta namlik yuzaga keladi. Vegetasiya davrining asosiy qismida, tuproqning erigan qatlami suv bilan tóyinib turgan bóladi.
2. Yuviladigan tip (NK>1) - atmosfera yog’inlarining órtacha miqdori bug’lanishga nisbatan kóp bóladigan órmon-ótloq zonasi (podzol-botqoq va botqoq tuproqlar) va sernam subtropik viloyatlari tuprog’iga xos. Atmosfera yog’inlari bilan tuproq har yili sizot suvlarigacha namlanadi va qisman ana shu suvlarga qóshiladi. Tuproqning pastki qatlamiga singib ótayotgan suv tuproqdagi turli birikmalar, jumladan oziq moddalarni ózi bilan yuvib ketadi. Shuning uchun ham bu xildagi suv rejimi yuviladigan tip deyiladi (27a-rasm).
3. Davriy yuviladigan tip (NK-1, ba’zan 1,2-0,8 gacha ózgarib turadi). Tuproqning sizot suvlariga qadarli yuvilishi davriy bólib, faqat atmosfera yog’inlari miqdori bug’lanishga nisbatan kóp bólgan yillardagina róy beradi. Sizot suvlari sathi, kapillyar kayma odatda ósimlik ildiz sistemasi tarqaladigan qatlamdan pastda bóladi. Yuqori namlik natijasida tuproqning yuvilishi bir necha yil davomida (davriy) 1-2 marta bólib turadi. Bu tipdagi suv rejimi órmon dasht (órmon sur tusli tuproqlari) va shimoliy tuproqlar (podzollashgan va ishqorsizlangan qora tuproqlar) zonalari uchun xarakterli.
4. Yuvilmaydigan tip (NK<1). Bunday tipdagi suv rejimida tuproq -grunt qatlamlari sizot suviga qadarli hyech qachon yuvilmaydi. Demak, yog’inlar hisobidagi namlik tuproqning yuqori qatlamlarida tóplanib, sizot suviga qadar yetib bormaydi. Atmosfera yog’inlari tufayli namlangan qatlam bilan sizot suvi joylashgan gorizont oralig’ida deyarli quruq, kópincha sólish namligi miqdoriga yaqin nam qatlam bóladi (G.N.Visoskiy bóyicha "ólik" gorizont).
5. Terlaydigan tip (NK<1). Chala chól va chól zonalarining sizot suvlari yaqin bólgan sharoitda terlaydigan suv rejimi yuzaga keladi (31v- rasm). Kapillyarlar orqali kótarilayotgan suv fizik bug’lanib, tuproq góyo terlagandek bólib turadi. Tuproq va ósimlikdan bug’lanayotgan suv miqdori, tushayotgan atmosfera yog’iniga nisbatan ancha kóp bóladi. Sizot suvlari minerallashganda tuproqda suvda oson eriydigan tuzlar tóplanib, yer shórlanadi. Yer osti suvlari chuchuk bólsa ona jins tarkibida tuz bólmasada, mergellanish hamda gleylanish jarayonlari kechadi.
6. Irrigatsion tip. Sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda tuproqning qóshimcha ravishda namlanishi natijasida róy beradi. Ósish davrida tuproqning kóplab marotaba namlanishi - bu tipdagi suv rejimining muhim xususiyatidir. Sug’orishning turli davrlarida har xil tipdagi suv rejimi tiplari yuzaga keladi. Sug’orilayotgan davrda dastlab yuviladigan tip shakllanib, keyin yuvilmaydigan va terlaydigan suv rejimlari bilan almashinadi, natijada tuproqda namning davriy kótarilib va pasayib turishi yuzaga keladi. Tuproqning suv rejimi qishloq xójalik maydonlarida turli agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar sistemasini amalga oshirish natijasida boshqarilib turiladi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling