3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja
Download 298.41 Kb.
|
3-lektsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning haydalma qatlamida vegetasiya davrida tuproq havosi tarkibidagi O 2 va CO 2 miqdorining ózgarishi.
Tuproq havosining tarkibi.
Fransuz olimi J.Bussengo va Levi tuproq havosi tarkibida: O2-10,35 - 20,03, N2 - 78,8 - 80,24, CO2-0,74 - 9,74 foiz oralig’ida bólishligini aniqladi. Tuproqdagi erkin havo atmosfera havosi bilan doim aloqada bólishiga qaramasdan ózining qator xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Atmosfera havosining tarkibi deyarli barqaror bólib, uning asosiy komponentlari uncha ózgarmaydi. Atmosfera havosining tarkibi hajmiy foizda quyidagicha: azot (N2) 78,08, kislorod (O2) 20,95, argon (Ar) 0,93 va karbonat angidridi (CO2) 0,03. Tuproq havosining tarkibi ózgaruvchan bóladi. Tuproq havosidagi O2 va CO2 ayniqsa dinamik holda bólib, kislorodning sarflanishi va karbonat angidridining hosil bólish jarayonlari hamda atmosfera orasidagi gaz almashuv tezligiga kóra, uning miqdori keskin ózgaradi. Tuproq havosida atmosferadagiga nisbatan CO2 miqdori ónlab va yuzlab marta kóp bólishi, kislorodning konsentrasiyasi esa 20,9 dan 15-10 foizgacha pasayishi mumkin. Fizik xossalari qulay bólgan va havo yaxshi kirib turadigan sharoitda tuproq havosidagi CO2 miqdori ósimliklarning vegetasiya davrida 1-2 foizdan oshmaydi, O2 esa 18 foizdan oz bólmaydi. Turli tuproqlarda havo tarkibining ózgarishi 15-jadvalda keltirilgan. 15-jadval Tuproqning haydalma qatlamida vegetasiya davrida tuproq havosi tarkibidagi O2 va CO2 miqdorining ózgarishi.
Tuproq havosining tarkibi asosan mikroorganizmlarning hayot faoliyati jarayonlari, ósimliklar ildizlarining nafas olishi va tuproq jonivorlari hamda tuproqdagi organik moddalarning oksidlanishi natijasida ózgaradi. Tuproq havosidagi azot miqdori atmosferadagidan kam farqlanadi. Ammo tuproqdagi tuganak bakteriyalarining azotni biriktirib olish va denitrifikasiya jarayonlari natijasida azot miqdori biroz ózgarishi mumkin. Tuproq havosida, shuningdek, denitrifikasiya jarayonlarining mahsuloti bólgan azot zakisi (N2O) ning ishtirok etishi xarakterli. Bundan tashqari, tuproq havosi tarkibida doim uncha kóp bólmagan miqdorda (1·10-9 - 1·10-12foiz) turli tabiatli uchuvchi organik moddalar (etilen, metan va boshqa)ning birikmalari bólishi mumkin. Tuproq aerasiyasi yomonlashganda ósimliklar ildizlari uchun zararli miqdorda (0,001 foiz) etilen tóplanadi. Botqoqlangan va botqoq tuproqlar havosida sezilarli miqdorda ammiak, vodorod va metan gazlari bóladi. Tuproq havosining tarkibi va uning harakatchanligi tuproqdagi g’ovakliklarning ólchamiga kóra bir xil emas. Yirikroq bóshliqlarida CO2 kamroq va havo ancha harakatchan bólib, O2 kóp saqlanadi. Download 298.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling