3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja
D i f f u z i ya k o e f f i s i ye n t i
Download 298.41 Kb.
|
3-lektsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning havo xossalari.
- Tuproqning havo sig’imi
D i f f u z i ya k o e f f i s i ye n t i konsentrasiya gradiyenti birga yaqin sharoitda, 1 sm2 yuzadan 1 sm tuproq qatlami orqali diffuziyalanadigan moddalar miqdoriga teng bóladi. CO2 ning diffuziya koeffisiyenti 0,009 sm2/s bólganda aerasiya normal hisoblanadi. Undan kam bólganda gaz almashinuvi qiyin bóladi (Lyundegord). CO2 va O2 ning nafaqat havo bilan egallangan g’ovakliklar orqali harakati, balki ildiz atrofidagi suv pardasi bóylab ósimliklarning ildiz sistemasiga ótishi ham muhim ahamiyatga ega.
Tuproqning havo xossalari. Gaz almashinuvining holati tuproqning havo xossalari bilan belgilanadi. Tuproqning havo xossalariga havo ótkazuvchanligi va havo sig’imi singarilar kiradi. Tuproqning havo ótkazuvchanligi. Tuproqning óz qatlamlari orqali havoni ótkazish qobiliyatiga uning havo ótkazuvchanlik xossasi deyiladi. Havo ótkazuvchanlik muayyan vaqtda 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 kóndalang kesimi yuzasi maydonidan, ma’lum bosimda, mm xisobida ótadigan havo miqdori bilan ólchanadi. Havo ótkazuvchanlik qanchalik tólik ifodalangan bólsa, gaz almashinuvi ham shuncha yaxshi bóladi, hamda tuproq havosida CO2 kamayib, O2 kópayadi. Havo ótkazuvchanlik tuproqning mexanik tarkibi, uning zichligi, namligi va struktura xolatiga boglik. Havo tuproqdagi nam bilan egallanmagan va bir-biridan ajralmagan g’ovakliklarda yaxshi harakatlanadi. Aerasiya g’ovakliklari qanchalik yirik bólsa, havo almashinuvi shuncha yaxshi. Strukturali tuproqlarda kapillyar g’ovakliklari bilan birga nokapillyar g’ovakliklar ham yetarli bólganidan, havo almashinuvi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Demak, strukturali tuproqlarda suv bilan havo orasida ziddiyat deyarli bólmaydi va tuproqning suv va havo rejimi mótadildir. Tuproqning havo sig’imi - hajmiy foiz bilan ifodalanadigan va tuproqning barcha g’ovakliklarida ushlanib turiladigan havo miqdorini xarakterlaydi. Havo miqdori tuproqdagi namlik va g’ovakliklar miqdoriga bog’liq. Bóshliqlar qanchalik kóp va namlik oz bólsa, tuproqdagi havo ham shuncha kóp bóladi. Quruq tuproqlarda havo sig’imi yuqori bólib, deyarli umumiy g’ovakligiga barobardir. Lekin tabiiy sharoitda tuproq doim ma’lum miqdorda nam saqlab turganidan, havo sig’imi juda ózgaruvchandir. Quruq tuproqlardagi havo sig’imi umumiy g’ovaklik bilan gigroskopik namlikning hajmiy miqdori orasidagi farqqa teng bóladi. Tuproqning eng kam nam sig’imiga tóg’ri keladigan havo sig’imi alohida ahamiyatga ega. Agar eng kam nam sig’imi sharoitida havo bilan egallangan g’ovaklar hajmi 15 foizdan kam bólsa, tuproq havosi tarkibining maqbul holatini ta’minlaydigan tuproq aerasiyasi yetarli bólmaydi. Mineral tuproqlarda havo miqdori 20-25, torfli tuproqlarda esa 30-40 foiz bólganda gaz almashinuvi uchun mótadil sharoit yaratiladi. Download 298.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling