3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


T ó l i q n a m s i g’ i m i (TNS)


Download 298.41 Kb.
bet14/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

T ó l i q n a m s i g’ i m i (TNS). Havo siqilib (ushlanib) qolingan bóshliqlar (odatda umumiy g’ovaklikning 5-8 foizini tashkil etadi) dan tashqari, tuproqning barcha g’ovakliklarida ushlanib qolinishi mumkin bólgan eng kóp nam miqdoriga tóliq nam sig’imi deyiladi. Demak, TNS odatda son jihatdan tuproqning umumiy g’ovakligiga tóg’ri keladi. TNS ga teng namlik bólganda tuproqda barcha turdagi suv: birikkan (mustahkam va bósh birikkan) va erkin (kapilyar va gravitasion) suvlar maksimal miqdorda saqlanishi mumkin. Demak, TNS tuproqning qanchalik suv singdirishi mumkinligini xarakterlaydi. Shuning uchun bu kórsatkichni tóliq suv singdiruvchanlik ham deyiladi. Tuproqdagi TNS uzoq vaqt saqlanadigan bólsa, tuproqda anaerob jarayonlar kópayib ketadi va tuproq unumdorligi pasayib, ekinlar hosiliga salbiy ta’sir etadi.
Tuproqning suv ótkazuvchanligi. Tuproqning suvni qabul qilib olishi va ózi orqali yuqoridan pastga qarab ótkazish qobiliyatiga suv ótkazuvchanlik xossasi deyiladi. Suv ótkazuvchanlik asosan ikki bosqichdan: shimilish va filtrlanish (sizib ótish) dan iborat bólib, dastlab suv shimilib tuproq tóyinadi, sóngra suv tuproq qatlamining pastki qismiga ma’lum tezlikda sizib ótadi. Tuproqning suv bilan tóliq tóyingan holati sharoitida og’irlik kuchi va bosim gradiyenti ta’sirida, suvning pastga qarab harakatlanishiga filtrasiya deyiladi. Suv ótkazuvchanlik tuproqning ma’lum maydoni yuzasidan muayyan vaqtda singib ótadigan suv hajmi bilan ólchanadi va odatda mm/soat bilan ifodalanadi. Suv ótkazuvchanlik tuproqning umumiy kovakligi va uning ólchamiga bog’liq. Masalan, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yirik g’ovakliklar kóp bólganidan, suv ótkazuvchanlik, ham doimo yuqoridir. Og’ir mexanik tarkibli va kesakli changli strukturali tuproqlarda suv ótkazuvchanlik past. Tuproqning suv ótkazuvchanligini baholashda
Tuproqning suv kótarish qobiliyati - kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning suvni pastdan yuqoriga qarab kótarish xossasidir. Tuproqdagi g’ovakliklarning ólchami 8 mm atrofida bólganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Lekin bu ólcham 0,1-0,003 mm bólganda, kapillyar kuchlar yaxshi ifodalanadi. Undan kichik yóllarda sekin harakatlanuvchi, birikkan suv bóladi. Shuning uchun qumli tuproqlardan qumoq mexanik tarkibli tuproqlarga tomon suvning kótarilish tezligi oshib boradi va soz tuproqlarda pasayadi. Suvning maksimal kótarilishi (sizot suv sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoq tuproqlarda 2,5-3,0 m og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi. Kapillyarlik va tuproqning suv kótaruvchanligi natijasida sizot suvlari hisobidan ósimliklarni qóshimcha ravishda suv bilan ta’minlanishi qatorida tuproqda havo yetishmaganligidan moddalarning qayta tiklanishi va tuproq qatlamining shórlanish jarayonlari yuzaga keladi. Tuproqda nafaqat sizot suvi bilan bog’liq bólgan harakatchan kapillyar-tiralgan suv, balki kapillyar-muallaq nam ham kótarilish xususiyatiga ega. Kapillyar yóllari kóp bólgan strukturasiz tuproqlar harakatchan kótariluvchan suvni kóp bug’lantiradi. Strukturali tuproqlarda esa, yirik agregatlar orasidagi g’ovakliklar bir-biridan ajralib turganidan, kapillyar suv kamroq harakatlanadi. Shuning uchun suv kam bug’lanib, tuproqda nam yaxshi saqlanadi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling