3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


b-rasm. Tuproqda yirik kovakliklar va kapillyarlarning


Download 298.41 Kb.
bet11/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

11 b-rasm. Tuproqda yirik kovakliklar va kapillyarlarning
joylashish sxemasi
1- tuproq zarrasi; 2- yirik kapillyarlardan suvni suruvchi nozik kapillyarlar; 3- kapillyar suvlar bólmaydigan yirik kovakliklar zonasi; 4-tuproq bilan birikkan suv; 5- suv bilan tólgan, yirik kovakliklar zonasi. 6- Nozik kapillyarlarni suv bilan ta’minlovchi yirik kapilltar.
Gravitasion suv. Tuproqning yirik kapillyar va nokapillyar yóllari orqali óz og’irlik kuchi bilan yuqoridan pastga yoki qiyalik joylarda suv ótkazmaydigan qatlam orqali yon tomonga qarab erkin harakat qiluvchi suvga gravitasion suv deyiladi. Shórlanmagan tuproqlarda bu suvning osmotik bosimi 0,5 atm. dan kam bólganidan, ósimlikka yaxshi singib ótadi. Ammo tez harakatlanishi va boshqa shakldagi suvga ótishi sababli, gravitasion suv ósimliklarni bevosita suv bilan kam ta’minlaydi. Kapillyar va gravitasion shakldagi suvlar erkin holdagi suv kategoriyasi jumlasiga kiradi.
Bug’simon suv - suyuq va qattiq holdagi suv bilan egallanmagan yoki qisman egallangan g’ovakliklarda saqlanadi. Bug’simon nam, tuproqdagi barcha turdagi suvlarning bug’lanishidan hosil bóladi. Bug’simon suv tuproqda ikki yól bilan: diffuziya natijasida, ya’ni suv bug’larining tarangligi yuqori bólgan joydan, past joyga qarab harakat qiladi va havo oqimi bilan birga harakatlanadi. Bug’simon suv harakati atmosfera haroratiga bog’liq, va u harorat yuqori bólgan joydan harorat past bólgan joyga qarab xarakatlanadi. Kunduzi tuproq yuzasining harorati pastdagi qatlamga nisbatan yuqori bólganda, suv bug’lari yuqoridan pastga qarab, kechasi sovuganda aksincha pastdan yuqoriga harakat qiladi. Tuproqdagi bug’simon suv miqdori juda kam (0,001 foiz) bólsa-da, namning tuproqda teng tarqalishida katta rol óynaydi. Bundan tashqari, bug’simon suv ósimliklarning ildiz tukchalarini qurib qolishdan saqlaydi.
Qattiq suv (muz). Harorat 00 dan past bólganda suyuq holdagi nam qattiq holatga ótadi, ammo yirik g’ovakliklarda suv 00 ga yaqin, nozik yóllarda esa ancha pastroq haroratda suv muzlaydi. Juda past haroratda mustahkam birikkan suv ham muzlaydi. Qattiq suvdan ósimlik foydalana olmaydi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling