3-mavzu. Uy xо‘jaligi moliyasi. Reja: Uy xо‘jaligi moliyasi- iqtisodiy kategoriya sifatida
Uy xо‘jaligi byudjetining daromadlari va xarajatlari qismi
Download 176.02 Kb. Pdf ko'rish
|
UY XO\'J MOL
2.Uy xо‘jaligi byudjetining daromadlari va xarajatlari qismi. Uy xо‘jaliklari daromadlarining tarkib topishi, ulardan foydalanish, daromadlar va xarajatlarni muvofiqlashtirish oila byudjetini tashkil etadi. Uy xо‘jaliklari daromadlari - bu oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural shaklidagi daromadlar yig‘indisidir. Uy xо‘jaliklari daromadlari - bu oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural shaklidagi daromadlar yig‘indisidir. Aholining talab-ehtiyojlari darajasi va tarkibi daromad miqdoriga bevosita bog‘liq bо‘ladi. Daromad darajasini tahlil etish, aniqlash va taxmin qilish uchun daromadning har xil turlari va kо‘rsatkichlaridan foyda-laniladi. Quyida daromadning eng kо‘p tarqalgan turlarini kо‘rib chiqamiz. Daromadlarning bir qismi moddiy farovonlikni ta’minlashga, boshqa qismi xizmatlardan foydalanish uchun sarflanadi. Ehtiyojlar tarkibiga pul daromadlarining oshishigina emas, balki aholi tar-kibining о‘zgarishi, aholi ilmiy-madaniy saviyasining о‘sishi ham ta’sir etadi. Daromadlarni nominal, о‘z ixtiyoridagi va real daromadlarga ajratiladi. Nominal daromadlar soliqlar va narxlarni hisobga olmagan holdagi pul daromadlari miqdorini bildiradi. О‘z ixtiyoridagi daromadlar - bu soliq va boshqa majburiy tо‘lovlar tо‘langandan keyin qolgan nominal daromaddir, demak, bu daromad aholining jamg‘arish va ehtiyojlarni qondirish uchun foydalanadigan mablag‘larini о‘z ichiga oladi. Real daromadlar aholi turmushi haqida gap ketganda, daromadga urg‘u berishadi, negaki, farovonlikni bildiruvchi umumlashgan kо‘rsatkich daromad hisoblanadi. Bunda daromadning umumiy miqsori emas, balki jon boshiga tо‘g‘ri kelgan daromad kо‘rsatkichi muhim sanalib, unga barcha manbalardan kelgan daromad, jumladan natura naklidagi daromad ham kiritilishi kerak. Albatta, aholi turmushini real daromad ifoda etadi, chunki bu inflyatsiya ta’siridan xoli daromaddir. Pul shaklidagi daromad - bu nominal daromad. Real daromad - bu qо‘lga tekkan pulning xarid qobiliyati, ya’ni unga bozor nima berishidir 1 . Aholi daromadidan soliq, badal puli kabi ajratmalar tо‘langandan sо‘ng qolgan pul qо‘lga tekkan daromad hisoblanadi, unga nima berishi bozor narxlariga bog‘liq bо‘ldi. Aholi nominal daromadining о‘sishiga shak-shubha bо‘lishi mumkin emas, chunki inflyatsiya sharoitida qо‘lga tekkan pul hajmi muttasil ortib bormoqda. Real daromad deganda inflyatsiya inobatga olinishi shart, albatta. Uning hisob- kitobiga shunday yondoshgan taqsirda, real daromad jon boshiga tо‘g‘ri keladigan daromad hisoblanadi. Mustaqillik davrida davlat monopoliyasining barham topishi iqtisodiy demokratizmni yuzaga keltirib, bozor munosabatlariga yо‘l ochdi. Bu aholi daromadlariga ta’sir etishi tabiiy, albatta. Islohotlar yangi daromadlar manbalarini vujudga keltirdi. Ma’lumki, sotsializm sharoitida mehnatga qarab taqsimlash shiori о‘rtaga tashlangan bо‘lsa-da, aslida daromadlarni mumkin qadar bir tekis taqsimlashga, hammani bir xil daromad bilan ta’minlashga moyillik kuchli edi. Daromadlarga chegara qо‘yilib, kо‘p pul ishlash, ya’ni boy bо‘lish amalda taqiqlangan va ta’qib etilgan. Buni sotsializmni barbod bо‘lishining sabablaridan biri deyish mumkin, chunki bu tuzumda kishilarning shaxsiy manfaati yuzaga chiqmasligi bois mehnat omillari о‘ta zaiflashib ketib, iqtisodiyot inqirozga yuz tutdi. Islohotlar tufayli tadbirkorlik daromadi, aksiyador dividendi, mulkdan kelgan daromad shaklidagi tabiatan yangicha bozor daromadlari paydo bо‘ldi. Natijada ish haqi ham bozor daromadiga aylanib bormoqda. Bozor daromadi - bu ishlab topilgan daromad, ya’ni ish kuchi, kapital yoki boshqa boylikni о‘z egasi tomonidan naqadar samarali ishlatili-shiga qarab topiladigan daromaddir. Bozor daromadi ahamiyatining ortib borishi bozor munosabatlarining qaror topib boryotganligidan darak beradi. Islohotlar, shak-shubhasiz, daromadlar tarkibida chuqur о‘zgarishlar yaratadi. Ш.Шодмонов ва б. Иқтисодиёт назарияси. –Т.:“Молия” нашриёти, 2002 й.- 27 б. Mamlakat aholisining turmush darajasi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi va tarkibi bilan ifodalanadi. Yakuniy shaxsiy iste’mol tarkibi (shaxsiy iste’mol xarajatlari), ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Iste’molning umumiy hajmida uzoq muddat foydalanishga mо‘ljallangan tovarlar ulushining yuqoriligi aholining turmush darajasi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti darajasining yuqoriligidan dalolat beradi. Aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulotdan aholining rivojlanish indeksi va mamlakatning ijtimoiy Download 176.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling