3-mavzu. Uy xо‘jaligi moliyasi. Reja: Uy xо‘jaligi moliyasi- iqtisodiy kategoriya sifatida
Uy xо‘jaliklari daromadlari strukturasi
Download 176.02 Kb. Pdf ko'rish
|
UY XO\'J MOL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ижтимоий трансфертлар
Uy xо‘jaliklari daromadlari strukturasi
Aholining pul daromadlarini ish haqi kо‘rinishidagi barcha tushumlar, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan olinadigan foiz, aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlar, kо‘chmas mulk, dividendlar, renta kо‘rinishidagi daromadlar; chorva hayvonlari, tomorqa xо‘jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan tushumlar, turli xizmatlar kо‘rsatishdan olingan haqlar va hokazolar tashkil topadi. Aholining natura shaklidagi daromadlari- dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, bog‘- qо‘rg‘on, shaxsiy tomorqadan olingan mahsulotlar, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlardan tarkib topadi. Уй хўжаликлари даромадлари структураси Натурал кўринишдаги даромадлар Тадбиркорлик фаолиятидан олинадиган даромад Меҳнатга ҳақ тўлаш Бошқа даромадлар Мулкдан олинадиган даромад Ижтимоий трансфертлар Pul va natura shaklidagi daromadlarning nisbati tez-tez о‘zgarib turadi, ammo pul shakli kо‘proqtarqalgan. Odatda, aholining nochor qatlamlarida natura shaklidagi daromadlar hissasi yuqori bо‘ladi. Iqtisodiy vaziyat og‘irlashgan davrda natura shaklidagi daromadlar salmog‘i oshib ketadi, jamoa xо‘jaliklarida natura shaklidagi daromadlar hissasi sanoat ishchilari natura shaklidagi daromadlari hissasiga nisbatan doimo yuqori bо‘ladi, buni byudjet tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar jami aholi daromadlari tarkibida muxim axamiyatkasb etadi. Davlatning ijtimoiy siyosati sharoitida ijtimoiy transfertlar ham aholi daromadlari tarkibida aloxida axamiyat kasb etadi. Bunda ijtimoiy nafakalar muxim axamiyat kasb etadi. Mulkdan olinadigan daromadlarga aholinining ixtiyorida bо‘lgan mol mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar muxim ahamiyat kasb etadi. Aholining pul daromadlarini shakllanishi ular tomonidan iste’ml va noiste’mol tavsifdagi xarajatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Uy xо‘jaliklari xarajatlari quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir: - Iste’mol xarajatlari; - Noiste’mol xarajatlari. Iste’mol xarajatlari olingan pul daromadlari hisobiga shaxsiy istemol xarajatlarini о‘z ichiga oladi. Bunday xarajatlar kundali iste’mol mollarini sotib olishga qilingan xarajatlar hisoblanadi. Iste’mol tavsifdagi ehtiyojlarni qondirishdan ortgan pul daromadlari qismiga noiste’mol tavsifdagi xarajatlar amalga oshiriladi. Bunday xarajatlar asosan biznesni yuritish xarajatlari, soliqlar va boshqa turli xil tо‘lovlarni tо‘lash bilan bog‘liq xarajatlar hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlarning ishtirokchisi sifatida uy xо‘jaliklarining daromadlari milliy daromadning о‘sishiga bevosita bog‘liq bо‘ladi. Chunki yalpi ichki mahsulotning tarkibiy elementi sifatida milliy daromad qо‘shilgan qiymatnining xosilasidir. Milliy daromadning о‘sishi davlat daromadlari, xо‘jalik subuyektlari daromadlari kabi uy xо‘jaliklari pul daromadlarining manbaini ham tashkil qiladi. Uy xо‘jaliklarining xarajatlari bir qator tarkibiy qismlardan iborat bо‘lib, ularga ta’sir etuvchi bir qator omillar mavjud. Bunday omillar qatoriga mamlakatdagi iste’mol tovarlari va xizmatlarining bahosi, soliqlar va boshqalarni kiritish mumkin. Aholi xarajatlarining tarkibi quyidagilardan iborat: Iste’mol xarajatlari. Iste’mol xarajatlari olingan pul daromadlari hisobiga shaxsiy istemol xarajatlarini о‘z ichiga oladi. Bunday xarajatlar kundalik iste’mol mollarini sotib olishga qilingan xarajatlar hisoblanadi. Noiste’mol xarajatlari. Bunday xarajatlar asosan biznesni yuritish xarajatlari, soliqlar va boshqa turli xil tо‘lovlarni tо‘lash bilan bog‘liq xarajatlar hisoblanadi. О‘zbekiston respublikasida aholining turmush farovonligini oshirish va kam ta’minlangan aholi qatlamini ijtimoiy himoyalash bо‘yicha qator islohotlar olib borilmoqda. Aholini ijtimoiy himoyalashning quyidagi asosiy yо‘nalishlarini kо‘rishimiz mumkin: - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va о‘rtacha darajasini izchil oshirib borish; - ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish; - aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qо‘llab-quvvatlash. Download 176.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling