3-Mavzu: Zarar yetkazmasdan nazorat qilish turlari, standartlashtirish va metrologik ta’minoti


-rasm. Chetlanuvchi blokka tо‘g‘ri keladigan kuchlar hisobi


Download 115.82 Kb.
bet7/9
Sana31.01.2024
Hajmi115.82 Kb.
#1833214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza (2)

3.6-rasm. Chetlanuvchi blokka tо‘g‘ri keladigan kuchlar hisobi.


Troslar. Pо‘lat troslar deb – pо‘lat simli troslarga aytiladi. Ular polispastlar zahiralari yuk kо‘tarish zanjirlari vant va tortiluvchilarni tayyorlash uchun qо‘llaniladi. Montaj ishlarida, asosan bitta yumshoq о‘zak atrofida oltita о‘ram simdan iborat pо‘lat troslar qо‘llaniladi.
Pо‘lat troslarni ish sharoiti va yо‘nalishni hisobga olgan holda tanlanadi. Pо‘lat trosning о‘ramdagi simlar diametri va soniga shuningdek, о‘rish yо‘nalishiga bog‘liq bо‘lgan egiluvchanligi katta ahamiyatga ega.
Pо‘lat simning xudi shu diametrida uning egiluvchanligi о‘ramdagi simlar soni ortgani sari ortadi. Bloklarning roliklarini kо‘p marotaba egadigan va kо‘tarilayotgan yukni zichlab bog‘lovchi yuk kо‘tarish zanjirlarining yukli pо‘lat simlari egiluvchan bо‘lishi kerak; vantlar va ushlab turuvchi pо‘lat troslar birmuncha qattiq bо‘lishi kerak.
Bir tomonlama yoki parallel о‘rilgan pо‘lat troslar, xoch shaklida va murakkab о‘rilgan pо‘lat troslarga qaraganda yuqoriroq egiluvchanlikka ega, ammo ular yuk ta’siri ostida о‘z-о‘zidan ochilib ketish xususiyatiga ega. Shuning uchun о‘ta mas’uliyatli ishlarni bajarishda xoch shaklida va murakkab о‘rilgan pо‘lat simlarga ahamiyat beriladi. Pо‘lat simlarni tanlashda, shuningdek, uni tayyorlovchi zavod tomonidan berilgan pastport-sertifikatida kо‘rsatilgan uzilish kuchini hisobga olish zarur. Uzilish kuchi deb, pо‘lat sim uzilishi mumkin bо‘lgan minimal kuch tushuniladi.
Pо‘lat simga tushadigan ruxsat etilgan yuklamani quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi:
(3.2.)
bu yerda R – uzilish kuchi; K - pо‘lat sim mustahkamligining zahira koeffisiyenti.
Pо‘lat simlarni lebedkaning barabaniga yoki yog‘och g‘altaklarga о‘ralgan holda, quruq va shamollatib turiladigan xonalarda saqlash kerak. Trosni har yarim yilda kamida bir marta texnik vazelin yoki turli quyuq moylar bilan qat’iy ravishda moylab turiladi (masalan, 90-95% solidol va 5-10% oson eruvchan bitumdan tarkib topgan aralashma).
Trosning kalavadan yoki g‘altakdan о‘rab yechilishi – bu juda jiddiy operasiya: tugunlar tushib qolmasligini nazorat qilish zarur; tasodifan paydo bо‘lgan tugunni trosning erkin uchini muntazam ravishda о‘rab yechib tо‘g‘rilanadi.
Trosni zubilo bilan yoki qaychi bilan kesishdan oldin, kesish joyidan boshlab ikki tomonga о‘tda kuydirilgan yumshoq sim bilan zichlab о‘raladi. Buning natijasida hosil bо‘lgan tros uchlari о‘ralib qolmaydi. Agar metall korroziyasi, yoki sim uzilishi yoki yechilgan tros oralig‘idagi yumshoq о‘zak titilib ketsa, pо‘lat tros ishdan chiqqan deb hisoblanadi. Ishdan chiqqanlikni aniqlash uchun tros о‘ramining bir qadami uzunligida uzilgan simlarning ruxsat etilgan soni kо‘rsatilgan jadvallardan foydalaniladi. Xoch shaklida о‘rilgan pо‘lat tros uchun sim uzilishi ruxsat etilgan soni, bir tomonlama о‘ralgan pо‘lat trosnikiga qaraganda ikki marotaba kо‘p.

Download 115.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling