3-Mavzu: Zarar yetkazmasdan nazorat qilish turlari, standartlashtirish va metrologik ta’minoti


Download 115.82 Kb.
bet9/9
Sana31.01.2024
Hajmi115.82 Kb.
#1833214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza (2)

3.9-rasm. Domkratlar.
Domkratlar. Domkratlar yuklarni yaqin masofalarga kо‘chirish va kо‘tarish uchun mо‘ljallangan. Ularni, shuningdek, qismlarni yig‘ish va ajratish vaqtida turli xildagi birikmalarning detallarini presslashda va pressdan chiqarish zarur bо‘lib qolganda qо‘llaniladi. Takelaj ishlarida gidravlik, vintli va reykali domkratlar qо‘llaniladi (3.9-rasm).
Gidravlik domkratlar katta quvvatli hisoblanadi. Ularning yuk kо‘tarishi 5 MN ni tashkil qiladi. Bunday domkratlar og‘ir yukli uskunalar va metall konstruksiyalarni butunlay va tajriba asosida о‘rnatishda qо‘llaniladi.
Tallar. Nasoslarni, kompressorlarni va og‘ir truba quvurli armaturalarni qiyin erishiladigan joylarda montaj qilishda tallardan foydalaniladi.
Yuritma turiga qarab, tallar shesternyali va chervyakli tallarga bо‘linadi. Tallarning asosiy yetaklovchi moslamasi bо‘lib, plastinkali yoki payvandlangan kalibrlangan zanjirlar hisoblanadi. Tallarning tepa ilgaki mavjud konstruksiyalarga yoki maxsus о‘rnatilgan chorpoya va uch oyoqlarga osib qо‘yiladi.
3.4. Metall konstruksiyalari va bog‘lovchi trubalarni montaj qilish.
Xizmat kо‘rsatuvchi metallkonstruksiyalarga zinapoya marshlari, stremyankalar, maydonchalar, kronshteynlar, liftli kо‘targichlar uchun etajerkalar va shaxtalar va h. kiradi. Ularni mustaqil ravishda uskunalarni kо‘tarib va о‘rnatilgandan sо‘ng montaj qilish mumkin. Lekin ularni yig‘ish va ularni kо‘targungacha uskuna bilan birlashtirishni tayyorgarlik maydonchalarida yoki bevosita kо‘tarish joyida amalga oshirish tо‘g‘riroq bо‘ladi. Vertikal silindrik uskunalardagi truba quvurli bog‘lagichlar va metallkonstruksiyalarni montaj qilish uchun, uning bir uchini mustahkam metall chorpoyalarda shunday kо‘tariladiki, xalqali va segmentli xizmat kо‘rsatish maydonchalarini uskunaning butun perimetri bо‘ylab о‘rnatish mumkin bо‘lsin. Metallkonstrusiyalarni montaj qilish uchun kо‘tarish oldidan uskunani tо‘g‘ri joylashtirish muhimdir: mumkin qadar zinapoya kataklari, etajerkalar va ularga о‘xshash konstruksiyalarni kо‘tarish oldidan uskuna ustida bо‘lsin.
Truba quvurli bog‘lagichlar montaj qilinayotgan maydonga maxsus uchastkalarda yoki truba tayyorlash sexlarida tayyorlanadigan yirik qismlar yoki bо‘laklar kо‘rinishida keltiriladi. Truba quvurli qismlar komplekt holida bо‘lishi kerak: ularda armaturalar о‘rnatilgan tushirish patrubkalarini payvandlangan havo quritgichlar, bо‘rtmalar va hokazolar payvandlangan bо‘lishi kerak. Joyida yig‘ishni tayyorlovchi tomondan har bir qismga qayd qilingan belgi bо‘yicha amalga oshiriladi.
Kо‘tarilayotgan uskunalarga, bog‘lovchi truba quvurlarning shunday qismi biriktiriladiki, qaysiki unga bevosita bosilib turgan va jips mahkamlanishi mumkin bо‘lgan bо‘lsin. Truba quvurli qismlar uskunalarida montaj qilish tartibi xuddi metallkonstruksiyalariniki kabidir. Truba quvurlarning ochiq uchlari, qismlarini tayyorlab bо‘lgandan keyin ham, kо‘tarilayotgan uskunaga о‘rnatilgandan keyin ham sidirg‘a flaneslar bilan yoki yog‘och tiqinlar bilan qopqoqlanadi.
Kо‘tarilishidan oldin, baland uskunalarning sirtiga issiqlik qoplamalar о‘rnatiladi. Buning uchun uskuna sirtiga loyihada kо‘rib chiqilgan shtirlar, ilgaklar va osmalar mahkamlab qо‘yiladi. Izolyasion qatlam yuzasiga issiqlik qoplama qilinadi. Shuningdek, izolyasiya qatlamini asbestli shifer plitalar yoki alyuminiy tunukalar, shu bilan bir qatorda ruxlangan tom tunukasi bilan qoplash ham keng tarqalgan. Uskunalarni kо‘tarishni issiqlik qoplamalarga zarar yetkazmagan holda amalga oshirish kerak.
Nazorat savollari
1) Mashina deb nimaga aytiladi?
2) Mashina-dvigatellarning vazifasi qanday?
3) Mashma-generatorlarning vazifasi qanday?
4) Yig‘ish birligi deb nimaga aytiladi?
5) Mashina-generatorlar deb nimaga aytiladi?
6) Sanoat jihozlarini ta’mir qilishda qanday ko‘tarish-tashish vositalaridan foydalaniladi?
7) Domkratlar qanday turlarga bolmadi?
8) Stroplaming qanday turlari bor?
9) Ko‘chma kranning vazifasi qanday?
10) Kanatning foydalanishga yaroqliligini aniqlash uchun nimani hisoblash zarur?
Download 115.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling