3-Mavzu: Zarar yetkazmasdan nazorat qilish turlari, standartlashtirish va metrologik ta’minoti
Download 115.82 Kb.
|
3-ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Panjarali machtalar
3.3-rasm. Trubali machtalar:
a – bir quvurli; b – uch quvurli; v – sigarasimon; g – qattiqlik qovurg‘alari bilan trubalarni mahkamlash: 1-machta, 2-polispast, 3-kо‘ndalang truba, 4-vintni ushlab qolish uchun shtir, 5-vantlar, 6-vant uchun о‘rgimchak, 7-olib ketuvchi blok, 8-olib ketuvchi blok uchun shtir, 9-qо‘zg‘almas tayanch, 10-buriluvchi tayanch. Panjarali machtalar – tayyorlanishi qiyinroq bо‘lgani bilan, yuk kо‘tarishi va balandligi bir xil bо‘lganda quvurlilariga nisbatan yengilroqdir. Bunday listli burchaklardan payvandlab tayyorlangan machtalar, balandligi bо‘ylab о‘zgaruvchan kesimga (uchlarida kamayib boruvchi) ega machtaning 5-10 m uzunlikdagi alohida seksiyalari ustma-ust taxlangan pо‘lat listlar yordamida tutashtiriladi. Bu pо‘lat listlarga machtalarning seksiyalari toza bolt bilan mahkamlanadi. Har bir seksiya uchlaridan, ba’zida esa о‘rtasidan pishiqligi mahkamroq bо‘lishi uchun diafragmalar bilan jihozlanadi. Panjarali machtalar о‘z о‘qi atrofida tо‘la aylanadigan va hamma tomonga egiladigan bо‘ladi. Bu takelaj ishlarini olib borishda ularning harakat radiusini kattalashtiradi. Shu maqsadda raschalkalarni mahkamlash uchun mо‘ljallangan panjarali machtalar kallagi uchastkasi, machta bilan sharnir orqali birlashtirilgan, machta tayanchi esa, sharnirsimon tayyorlangan. 3.3 - rasmda umumiy yuk kо‘tarishi 2 m va balandligi 62 m bо‘lgan, ikkita birlashib ishlaydigan panjarali machtalarning asosiy qismlari va umumiy kо‘rinishi kо‘rsatilgan. Ishlash vaqtida machta quyidagi yuklamalardan deformasiyaga uchrashi mumkin: kо‘tarilayotgan yuk og‘irligidan; machta moslamasi og‘irligi (polispastlar, pо‘lat arqonlar, bloklar); machtaning о‘z og‘irligidan machta bо‘ylab yо‘nalgan polispast sim arqoni harakatdagi uchidagi og‘irlik kuchidan; machtaga ta’sir qilayotgan shamol kuchi va kо‘tarilayotgan yukdan. Bu kattaliklarni aniqlash uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi; vantning tortilish kuchini barcha momentlar yig‘indisini machta tayanchiga nisbatan nolga tenglab topish mumkin. Download 115.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling