3-Mavzu: Zarar yetkazmasdan nazorat qilish turlari, standartlashtirish va metrologik ta’minoti


-rasm. 100 t yuk kо‘taradigan panjarali machtalar


Download 115.82 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2024
Hajmi115.82 Kb.
#1833214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-ma\'ruza (2)

3.3-rasm. 100 t yuk kо‘taradigan panjarali machtalar.


Polispastlar va bloklar. Yuk kо‘taruvchi mexanizmlar polispastlar bilan jihozlanadi. Polispastlar – bu lebedka barabaniga, pо‘lat tros tarmog‘iga о‘raladigan, yuritkichdagi og‘irlik kuchini kamaytirishga imkon beradigan qurilmalar. Polispastlarni ishlatish natijasida lebedkalarning yuk kо‘tarishi, ular yordamida kо‘tarilayotgan yuk og‘irligidan anchagina kam. Polispast bir-biri bilan yukli pо‘lat tros birlashtirilgan ikkita blokdan tuzilgan. Yukli pо‘lat tros barcha rolikli bloklarni ketma-ket egadi: uning bir uchi bloklardan birining halqasiga mahkamlanadi; ikkinchi uchi esa (yuguruvchi) machta bо‘ylab yoki kranning kо‘taruvchi strelasi bо‘ylab lebedkaga yо‘naltiriladi. Machta kallagiga (strelaga) mahkamlanadigan yuqori blok, qotirilgan deb ataladi; kо‘tariladigan yuk mahkamlangan quyi blok esa – harakatli deb ataladi. Pо‘lat trosning yugiruvchi tarmog‘ini lebedka barabaniga о‘rab, bloklar orasidagi masofa qisqartiriladi va yuk kо‘tariladi. Quyi blok о‘ramlar bо‘shatilayotganida о‘z og‘irligi ostida yoki unga osilgan yuk og‘irligi ostida tusha boshlaydi.
2.4-rasmda pо‘lat arqon bilan zahiralangan polispastning umumiy kо‘rinishi berilgan.

3.4-rasm. Polispastning umumiy kо‘rinishi:
1,6-isirg‘a; 2-qotirilgan blok; 3-pо‘lat trosning qotirilgan uchi; 4-sim trosning yugiruvchi tarmog‘i; 5-harakatlanuvchi blok.

Bu holatda trosning qotirilgan uchi yuqori blokning qirrasiga mahkamlangan, yuguruvchi uchi esa, yuqori blokning eng chetdagi roligiga tushadi. 3.5a-rasmda keltirilgan sxemada, pо‘lat arqonning qotirilgan uchi, harakatdagi polispastning qirrasiga mahkamlangan. Pо‘lat arqonning yugiruvchi uchi harakatdagi blokning roligidan tushsa, (3.5b-rasm), machta kallagida trosni yо‘naltiruvchi rolik о‘rnatiladi. Polispastning qotirilgan blogi qо‘shimcha rolik vazifasini bajaradi.



3.5-rasm. Polispastlar zahiralanishi sxemasi:
a-pо‘lat arqonning qotirilgan uchi harakatlanuvchi blokka mahkamlangan; b-sim arqon harakatdagi polispast roligidan qochadi; v-sim arqonning har ikkala uchi – qochuvchi.

Og‘ir jihozlarni (uskunalarni) juda balandlikka kо‘tarishda polispastda zahira tros juda ham uzun bо‘ladi va lebedkaning butun barabaniga sig‘maydi. Bunday holatlarda trosning har ikki uchini yuguruvchi qilib ishlanadi (3.5v-rasm). Bunda har qaysi tros о‘z lebedkasining barabaniga yoki navbatma-navbat (kо‘tarilish tezligi xuddi bitta uchi yuguruvchida bо‘lgandagidek), yoki bir vaqtning о‘zidayoq (kо‘tarish tezligi ikki barobar kо‘p) о‘raladi.


Sanoatda ishlab chiqarilayotgan bloklarning yuk kо‘tarishi 20 MN ga, og‘irligi – 1,5 MN ga yetadi. Ular diametri 34 mm bо‘lgan pо‘lat troslarga hisoblangan. Bloklar pо‘lat trosning roliklardan sirpanib ketishini oldini oluvchi moslamalar (roliklararo tо‘siqlar yoki pо‘lat tros о‘tishi uchun kesik joyli qobiq), shuningdek ilgak yoki isirg‘alar bilan jihozlangan.
Chetlatishli (yо‘naltiruvchi) bloklar odatda qaytarib qо‘yiladigan qirra yoki olib qо‘yiladigan isirg‘a bilan jihozlanadi, yо‘naltirilayotgan pо‘lat trosni oson tо‘g‘rilanish imkonini beradi. Chetlatuvchi blok qabul qiladigan kuchlar pо‘lat trosni unga tomon chopayotgan va undan qochayotgan tarmoqlaridagi kuchlarga va bu tarmoqlar orasidagi burchakka bog‘liqdir (3.6-rasm).
Polispast ishchi tarmoqlari sonini quyidagicha hisoblanadi: polispastning barcha tarmoqlarini hayolan unga perpendikulyar tekislik bilan kesiladi va yuqorigi qotirilgan blok tashlab yuboriladi; ishchi tarmoqlar soni, harakatlanuvchi blok osilib turgan tarmoqlar soniga tengdir.
Harakatsiz yuk osilib turganda polispast pо‘lat trosining barcha zahira tarmoqlarida bir xildir. Ishlayotgan vaqtida tros tarmoqlari, bloklar roliklaridagi ishqalanish tufayli, shuningdek, roliklar egilgandagi sim troslar qattiqligi tufayli birmuncha kattaroq yuklamaga duch keladi. Bundan kelib chiqadiki, sim trosning yugiruvchi tarmog‘i kо‘proq kuchga duch keladi:


(3.1.)

bu yerda Q – polispastga berilayotgan umumiy yuklama; n - ishchi tarmoqlar soni; η - polispastning va barcha chetlanuvchi bloklarning umumiy f.i.k.




Download 115.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling