3-Mavzy: Bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish: shriftlar, matn tеrish, sahifalash, grafik dizayni


Download 122.63 Kb.
bet2/5
Sana02.06.2024
Hajmi122.63 Kb.
#1839750
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-мавзу Kimyo

Shriftning paydo bo’lishi. Shrift insoniyatning noma’lumlikdan bilimlarga tomon yo’lida sehrli vosita sifatida paydo bo’ldi. Ieroglif shrifti insonning rasm orqali axborot ifodalashga intilishi tufayli vujudga keldi. To’g’ri, ierogliflarga aniqlik etishmasdi, shuning uchun ularni izohlash talab etilardi. Inson bilimlari chuqurlashgan va aniqlashgan sari, tilni tushunarli, universal va to’g’riroq kodlash zaruriyati o’sib bordi.
Piktografiya (belgili) yozuvi kundalik nutqda tushunchalarni ifodalaydigan va ko’pincha ovoz chiqarib talaffuz qilinadigan alohida so’zlar hosil bo’lgandan keyin paydo bo’ldi. Har bir so’z o’z belgisiga ega bo’lib (2-rasm), til qanchalik ifodali va rivojlangan bo’lsa, unda shuncha ko’p belgi bo’ladi. Xitoy, Hindiston, Misr va Mesopotamiyada ancha rivojlangan yozuv tizimlari bor edi.



1-rasm. Krit orolida afsonaviy shoh Minos davridagi qadimgi Krit shrift ierogliflari (yuqorida), xuddi shu davrga mansub chiziqli shrift (pastda).

Eramizdan taxminan 3000 yil avval shumerlar mixxat, ya’ni bo’g’inli yozuv ishlab chiqishdi. U taxminan 600 belgidan iborat bo’lgan.


2-rasm. Alifbolar (Finikiya, Gretsiya, Rim, eramizdan avv. VI asrdan III asrgacha)


3-rasm. «Sarya monumentalis» bosh harflari; Rimdagi Troyan ustuni tayanchidagi alifbo (eramizdan avvalgi 13-asr)
Eramizdan avvalgi 1400-yilda finikiyaliklar tomonidan undosh tovushlardan tashkil topgan alifboning yaratilishi keyingi muhim qadam bo’ldi. Bu alifbo endi 22 harfni o’z ichiga olib, Misr ieroglif yozuvi va Bobil mixxatining soddalashtirilgan varianti edi. Aynan Finikiya alifbosi (3-rasm) barcha Yevropa shriftlari uchun asos bo’ldi.
Eramizdan taxminan 1000 yil avval greklar finikiya yozuvini o’zlashtirib, unga a, e, i, o, u unli harflarini kiritishdi. Rim­ alifbosi grekcha qoidalarga rioya qildi. Katta harflardan tashkil topgan shrift paydo bo’ldi (Sarya monumentalis) (4-rasm), undan esa birinchi kichik harflar tug’ildi. Eramizning birinchi asrlarida o’rog’liq nomalardan hozirgi vaqtda qo’llanadigan kitob shakliga o’tish boshlandi.
O’rta asrlar (IV dan XV asrgacha) shriftlar tayyorlash va xatlarni bezash borasida juda samarali vaqt bo’ldi. Loy, tosh, yog’och, ipak, papi­rus, keyin esa pergament yozuv va matnlar belgilari tashuvchisiga aylandi. VII asrda Xitoydan Yaqin Sharq mamlakatlariga qog’oz kirib keldi, keyinchalik u Is­paniyaga, so’ngra butun Yevropaga tarqaldi. Tarqatilgan matnlar noyob nusxalar bo’lib, qo’lda yozilardi. Ularni qayta-qayta ko’chirib yozishga majbur edilar. Ammo avval Xitoyda (eramizning taxminan 870-yilida), keyin esa Koreyada metalldan yasalgan alohida harflar qo’llanadigan qoliplardan ko’p martalik bosma ixtiro qilindi.
Va nihoyat, 1440 yilda Gutenberg yuqori bosmani (bosmaxonani) ixtiro qildi, u kommunikatsiyalarning yangi davrini boshlab berdi.
Avvaliga eski shriftlar qo’rg’oshindan quyilardi, ammo tez orada maxsus bosmaxona shriftlari paydo bo’lib, ular hanuzgacha shakli va ijrosi bo’yicha o’z jozibasini yo’qotmagan. Kloud Garamond (1480-1561), Nikolas Yenson (1420-1480) va Aldus Manutius (1459-1515) shriftlar dizayniga katta hissa qo’shdi. Gutenberg ixtirosidan so’ng bir vaqtning o’zida ikkita turli konsepsiya mavjud edi: Antikva va Kursiv tipidagi rim shriftlari hamda Fraktura, Gotika va Shvab shriftlari tipidagi siniq shriftlar (5-rasm). Qo’lyozma shriftidan olingan bu shakllardan muhim jihatlari bilan ajralib turgan ko’p bosmaxona shriftlari yaratildi. Texnik yangilanishlar va estetik izlanishlar kelgusida boshqa variantlar paydo bo’lishiga imkon berdi.
Ko’p sonli turlar mavjudligiga qaramay, o’z davri ruhiga mos bo’lgan tobora yangi turdagi shriftlar loyihasi ishlab chiqildi. Anton Yenson (1620-1687), Vilyam Keslon (1692-1766), Jon Baskervill (1708-1775), Janbattist Bodoni (1740-1813) va Yustus Erix Valbaum (1768-1838) eng taniqli shriftlar dizaynerlari edi.
XX asrda Emil Rudolf Vays (1875-1942) (Vays Antikva va Vays Gotik), Rudolf Kox (1876-1934) (Vallau va Kabl), Paul Renner (1878-1956) (Futura va Plak), Erik Gill (1882-1940) (Gill va Perpetua), Georg Trump (1896-1985) (Siti va Delfin), Karlgeorg Xefer (1914 yilda tug’.) (Salto va Permanent), German Sapf (1918 yilda tug’.) (Palatino va Optima) hamda Gyunter Gerxard Lange (1921 yilda tug’.) (Arena va Konkord) o’ylab topgan shriftlar ayniqsa, keng tarqaldi. Gans Eduard Mayer (1922 yilda tug’.) (Sintaks va Sindor), Ed Bengayt (1927 yilda tug’.) (Suvenir va Barselona), Adrian Frutiger (1928 yilda tug’.) (Meridien va Frutiger), Me­tyu Karter (1937 yilda tug’.) (Galliard va Bitstrem Charter) hamda Gerard Unger (1942 yilda tug’.) (Svift va Gulliver) ham hozirgi vaqtda ahamiyatli va tarqalgan shriftlarning mualliflari edi. Bugungi kunda German Sapf va Adrian Frutiger shriftlari alohida e’tibor qozongan. Sapf o’zining Sapfino shrifti yordamida (1998) kalligrafiya yozuvini rivojlantirdi. Buning uchun u kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan foydalandi, shu tufayli hayratlanarli darajada turli-tuman shriftlarni yaratishga muvaffaq bo’ldi (8-rasm).
1953-1957 yillarda Frutiger tomonidan yaratilgan Univers shrifti hozirgi zamonning klassik shriftiga aylandi. 1997 yilda u Linotype Library shrift dasturi doirasida yangilandi. Natijada Linotype Univers 59 ta shriftning yozilish shakliga ega bo’ldi (ilgari 21 ta yozilish shakli bor edi). Bu esa mazkur shriftning yanada tarqalishiga ko’maklashdi.
O’rta asrlar davridan buyon shriftlarning yozilish shakli sohasidagi barcha o’zgarishlar va yutuqlarga qaramay, shriftlarni loyihalash hanuz boshlang’ich g’oyani saqlab qolish zaruriyatini yo’qotmagan jarayon bo’lib qolmoqda. Yangi kommunikatsiya belgilarini yaratish chog’ida texnik va estetik bilimlar bo’lishi talab etiladi. Ammo faqat kamchilik dizaynerlar bu fikrlarni qo’llanma kabi qabul qilib, o’z shriftlari yordamida yuksak sifatga erishdi. [7]
G’arbiy Yevropa shriftlari bilan bir qatorda (DIN I65I8 tasnifi), nolotin shriftlarining katta guruhi mavjud. Ular o’z rivojlanish tarixi va turli shakllariga ega. Ular qatoriga grek shrifti, kirill, yahudiy, arab, xitoy va yapon shriftlari kiradi. Ular tub jihatlari bilan farqlanadi va shriftlarni ko’p sonli elementlar bilan boyitmoqda (10-rasm).

Download 122.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling