9330 “ O‘ndirilgan jarimalar, penya lar va neustoykalar” -ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida turli xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzilishi natijasida, shuningdek ko‘rsatilgan zararlarni qoplanishi evaziga olingan daromad (foyda) summasi aks ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi, ushlanganligi yoki hisoblanganligini aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi, masalan 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Valyuta schyoti”, 6710 “Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar”, 4860 “Da’volar bo‘yicha kelib tushadigan schyotlar” va boshqa schyotlar. Yil yakunida 9330- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi .
9340 “O‘tgan yillar foydasi” - bu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida hisobot yilda aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi aks ettiriladi. Bunday foyda bo‘lib, masalan, muddatidan oldin hisobdan chiqarib yuborilgan debitorlik qarzlarning tiklangan yoki kelib tushgan summasi, ortiqcha hisoblab yuborilgan harajatlarni kamaytirilishi va boshqalar hisoblanadi. Bunda mos ravishda o‘tgan yillar foydasini tiklanganligini ko‘rsatuvchi schyotlar debetlanadi, masalan 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Valyuta schyoti”, 4000 “Olinadigan schyotlar” va boshqa schyotlar. Yil yakunida 9340- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9350 “Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar” – ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida qisqa muddatli ijaradan olingan daromad summasi 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi. Yil yakunida 9350- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9360 “Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarilishidan olingan daromadlar” – ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida muddatida (3 yildan oshiq muddatda) o‘ndirib olinmagan qarzlarni korxona foydasiga o‘tqazishdan olingan daromadlar mos ravishda kreditorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar ( 6010,6110,6710,6720, 6910-6990 va boshqalar) bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Yil yakunida 9360- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |