3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


“Xizmat qiluvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar” –


Download 0.61 Mb.
bet108/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

9370 “Xizmat qiluvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar” – ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan ( sog‘liqni saqlash bo‘linmasi, sartoroshxona, kutubxona, bolalar bog‘chasi va boshqa muassasalari, sanatoriylar, oshxona, mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar) olingan daromadlar aks ettiriladi. Bunda olingan yoki hisoblangan daromadlarni aks ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil yakunida 9370- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi

  • 9380 “ Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” - ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 0100 “Asosiy vositalar schyoti”, 1000 “Materiallar schyoti” va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil yakunida 9380- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi

  • 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida yuqorida keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi schyotlar ( 0100,1000,2800,2900,5000 va boshqalar) debetlanadi. Yil yakunida 9390- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.

    • Korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarining analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.



    • Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling