Aktiv schyotlar – korxona aktivlarini aks ettirishga muljallangan schyotlar.
Passiv schyotlar – korxona aktivlarini tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi xususiy kapital va majburiyatlarni aks ettirishga muljallangan schyotlar.
Kontraktiv schyotlar – korxona aktivlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlar.
Kontrpassiv schyotlar – korxonaning xususiy kapitali va majburiyatlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlar.
Balans schyotlari –bu qoldiqlari balansga kiritiladigan schyotlar. Aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni aks ettirishga mo‘ljallangan barcha schyotlar balans schyotlari hisoblanadi.
Balansdan tashqari schyotlar – korxonada vaqtinchalik saqlanayotgan, foydalanilayotgan, lekinda unga tegishli bo‘lmaganligi uchun balansga kiritib bo‘lmaydigan aktivlarni, shartli huquq va majburiyatlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |