3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet15/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Sintetik schyotlar – bu ma’lumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar. Ular asosida yuritiladigan hisob sintetik hisob deb ataladi. 21- son BHMSda ko‘rsatilgan barcha schyotlar sintetik schyotlar hisoblanadi. Demak, davlat tomonidan faqat sintetik schyotlar reglamentlash-tiriladi.

Analitik schyotlar – bu ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o‘lchov birliklarida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar. Ushbu schyotlar asosida yuritiladigan hisob analitik hisob deb ataladi. Analitik schyotlar korxonalar tomonidan mustaqil ravishda ochiladi va yuritiladi. Analitik schyotlar summalarining yig‘indisi sintetik schet summasiga teng bo‘lishi lozim.

21- son BHMS ga muvofiq schyotlar 4 xonali sonlar bilan raqamlanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini kompyuterlarda yuritishda ushbu raqamlarni seriyalarga ajratish muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, moliyaviy hisobot shakllarini tuzish uchun schyotlarning 4 xonali sonlaridagi birinchi ikkitasi yetarli hisoblanadi, chunki aynan shu birinchi ikkita raqamlar hisobotda aks etuvchi ko‘rsatkichlarning umumiy summalarini ifodalaydi, masalan 01- seriyali raqam asosiy vositalar bo‘yicha yuritiladigan barcha sintetik schyotlarning ( 0110-0199) ma’lumotlarini , 90- seriyali raqam sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuritiladigan barcha sintetik schyotlarning ( 9010-9030) ma’lumotlarini jamlab beradi.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling