3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari


Download 19.01 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi19.01 Kb.
#1175385
Bog'liq
15kazus


15-kazus
2022 yil 5 avgust kuni B. Rasulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 34-Bo‘z saylov okrugi raisiga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida murojaat qildi.
U o‘z murojaatida okrug saylov komissiyasi faoliyatini jamoatchilik nazoratiga oid qonunchilik normalari asosida hamda o‘z fuqarolik pozitsiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirmoqchi ekanligini ta’kidladi. Okrug saylov komissiyasi raisi B. Rasulovni bunday huquqi yo‘qligini bildirib, uni Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi lozimligini bildirdi.
B. Rasulov mazkur holatdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qildi.

Javob
“jamoatchilik nazorati to’g’risidagi” qonunning


3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir.
Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

Fuqaro Rasulov jamoatchilik nazoratini amalga oshira oladi. Bu haqida Konstitutsiyamiz 32moddasidayam keltirilgan.


32-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Endi Markaziy saylov komissiyasini vakolatlariga kelsak Saylov kodeksining:


14-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni o‘tkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
Ushbu moddaga kora saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi
Kons 35-modda
Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
Ushbu modda orqali Rasulov murojaat qilish huquqiga ega hisoblanadi. Lekin “Konstitutsiyaviy sud to’g’risidagi” qonuning 27-moddasiga ko’ra Rasulov Konstitutsiyaviy sudga murojaat qila oladi lekin undan oldin boshqa sudlarda huquqi himoya qilinmagan bo’lsa;
27-modda. Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi
Quyidagilar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi;
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi;
Senat a’zolari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil.
Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir.
Download 19.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling