4.2 – rasm.
Agar skolyar ko‘paytma tushunchasidan foydalansak (3.25) ni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
(3.26)
Demak, mexanik ish kuch vektori va ko‘chish vektorining skolyar ko‘paytmasiga teng.
SI da ish birligi sifatida Joul (J) qabul qilingan: 1 Joul - 1 Nyuton kuch ta’sirida jismni 1 metr masofaga ko‘chirishda bajarilgan ishning miqdoridir.
Eng umumiy hol uchun ishni aniqlaylik.Jism o‘zgaruvchan kuch ta’sirida egri chiziqli harakat qilib S1 nuqtadan S2 nuqtaga o‘tsin (4.2-rasm).Bu holda yo‘lni xayolan cheksiz kichik elementar dS bo‘lakchalarga ajratamiz. Ajratgan elementar yo‘lda, kuchni o‘zgarmas deb olib, ko‘chishni esa to‘g‘ri chiziqdan iborat deb olamiz. Bu vaqtda elementar bajarilgan ish
(3.27)
S1 S2yo‘lda bajarilgan to‘la ish
(3.28)
Bu integralni yechish uchun grafik usulidan foydalanamiz. Abssissa o‘qi bo‘ylab S ning qiymatlarini, ordinata o‘qi bo‘ylab ning qiymatlarini joylashtiramiz va = f(S) funksiya grafigini chizamiz (4.3-rasm). Jismning dS elementar ko‘chish uchun bajargan elementar ishning miqdori
(3.29)
rasmdagi ikki marta shtrixlangan yuzachaning qiymatiga teng. Jismni S1vaS2 nuqtalar orasida ko‘chirishda bajarilgan ish esa rasmda S1S2 bilan chegaralangan va chap tomondan qiyalatib shtrixlangan yuzaga teng.
4.3 – rasm
Bajarilgan ishning bajarilish tezligini xarakterlash uchun quvvat tushunchasi kiritiladi. Demak, vaqt birligida bajarilgan ish bilan o‘lchanadigan kattalik quvvat deb ataladi, ya’ni
(3.30)
(4.5) ga dA ning (4.3) formuladagi qiymatini qo‘ysak
yoki
(3.31)
ni hosil qilamiz.
Demak, quvvat ta’sir etuvchi kuch vektorining shu kuch ta’sirida jism olgan tezlik vektoriga skolyar ko‘paytmasiga teng ekan.
SI da quvat birligi sifatida Vatt (Vt) qabul qilingan: 1 Vatt- 1 sekund davomida 1 Joul ish bajaradigan mashinaning quvvatidir.
1 Vt = 1J/1 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |