Jismlarning o‘zaro urilishida ularning sirtlari bevosita bir-biriga tegadi va deformatsiya yuz beradi. Bunda jismlarning urilishidan oldingi kinetik energiyasi qisman yoki to‘la ravishda elastik deformatsiya potensial energiyasiga va jismlarning ichki energiyasiga aylanadi. Ichki energiyani ortishi o‘z navbatida jismning haroratini ortishiga sabab bo‘ladi.
Urilishlarning ikki xil turi mavjud bo‘lib, bular - absolyut elastik va absolyut noelastik urilishlaridir.
Avval absolyut noelastik urilishni qarab chiqaylik. Plastilin, loy, qo‘rg‘oshin va boshqa shular kabi moddalarning urulishi absolyut noelastik urilishga yaqin bo‘ladi. Absolyut noelastik urilish shu bilan harakaterlanadi, bunda deformatsiya
potensial energiyasi vujudga kelmaydi; jismlarning kinetik energiyasi batamom yoki qisman ichki energiyaga aylanadi, urilishdan so‘ng to‘qnashgan sharlar yo bir xil tezlik bilan harakatlanadi, yo tinch holatda qoladi. Bu to‘qnashuvda faqat impulsning saqlanish qonuni bajariladi xolos. Massalari m1 va m2 bo‘lgan sharlar 1 va 2 tezliklar bilan harakatlanib absolyut noelastik to‘qnashsin. Impuls saqlanish qonuniga binoan sharlarning urilishdan keyingi impulsi ularning urilishdan oldingi impulsiga teng bo‘lishi kerak, ya’ni m11+ m22=( m1+ m2).
Bundan (3.40)
1 va 2 vektorlar bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalganligi uchun vetorining yo‘nalishi ham shu to‘g‘ri chiziq yo‘nalishida bo‘ladi. 4.4 - rasmdagi hol uchun qaysi bir sharning impulsi katta bo‘lsa, urilishdan
Do'stlaringiz bilan baham: |