3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Fyuchers narhi = spot narhi - xavf uchun kutilayotgan mukofot
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
Fyuchers narhi = spot narhi - xavf uchun kutilayotgan mukofot Fyuchers va spot narhlarining o‘zaro aloqadagi bu shaklida narhlar ―normal deport‖ni keltirib chiqaradi yoki spot narhidan yaxshigina chegirma qiladi (normal backwardation). Fyuchers shartnomalari munosabatlarida, ularning xaridori sanoat iste‘molchilari bo‘lganda, (shokolad chiqaruvchi Hershey kompaniyasi yaxshi misol bo‘lishi mumkin, o‘zi uchun qulay narxda shakar etkazib berishga fyuchers shartnomasini sotib olgan), sotuvchilar esa sanoat investorlari, xaridorlarga xizmati taklif etiladi va sotuvchilar xavf uchun ijobiy mukofotga kelishilgan holda mukofot talab qilishlari mumkin. Bunday holatda fyuchers bahosi spotning kutilayotgan narxidan yuqori bo‘ladi, fyuchers narxlar, ―normal kontango‖ (normal contango), yoki spot narxiga (normal) qo‘shimcha bo‘ladi. Fyuchers tovarlari zamonaviy bozorida ishlab chiqaruvchi yoki iste‘molchi, umuman aytganda, sotuvchilar orasida ham, xaridorlar orasida ham bo‘lolmaydilar, sof imtiyoz xaridorlarga ham, sotuvchilarga ham bo‘lishi mumkin. Xavf uchun mukofot ijobiy yoki salbiy bo‘lishi kerak deyishga qandaydir aprior sabab yo‘q. Aslida, sotuvchi yoki xaridor xedjirlashga murojaat qilmay narxda savdolashsalar, ya‘ni maxsulot narxini yoki ishlab chiqarish faktori ehtiyojni qoplashini kafolatlasalar, unda sof daromad, xavf uchun nolli mukofot bilan ta‘minlash ham nolga teng bo‘lishi mumkin. Bu holatda fyuchersning bahosi spotning kutilayotgan bahosiga teng bo‘lishi kerak. Fyuchers uchun bahoni spotning kutilayotgan bahosiga qiyoslashning uch imkoniyati 10.4-rasmda tavsiya etilgan. Bozordan tovar fyucherslari uchun olingan empirik ma‘lumotlar aralash natijani beradi. Xautxakerning dastlabki tadqiqotlarida (Houthaker, 1957) tovarga fyuchers narxlari odatda o‘rtacha deportni tashkil qilgan holda spotning kutilgan narxlaridan past bo‘lgan. Ammo, Telser (Telser? 1958) bug‘doy va jo‘xori ta‘minoti bo‘yicha fyuchers bozoriga nisbatan bu ma‘lumotga qarama-qarshi ma‘lumotni ko‘rsatgan. Buzulmaydigan tovarlar. Buzulmaydigan (saqlashga yarokli bo‘lgan) tovar bilan tez buzuladigan tovar orasidagi tafovut quyidagi l ar da ko‘rinadi: buzulmaydigan tovarlar spot bahosi bo‘yicha sotib olinishi mumkin va fyuchers shartnomasi muddati tugagunicha saklanadi. Ya‘ni amaliy jixatidan fyuchers shartnomasini sotib olish va muddati tugagach qabul qilishga ekvilent. Ikkala variant Ham bir xil natija berar ekan, tovarga egalik nuqtai nazaridan, muddat tugagach, fyuchers shartnomasi, agar u tgri baholangan bo‘lsa, tovarni sotib olish va saqlash strategiyasi qancha tursa, shuncha bo‘lishi lozim. Oxirgi strategiya harajatlarning qo‘shimcha shaklining ikki turi bilan ajraladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling