3. Qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini
– jadval. Qora temir-tersak va chiqindilarni sinflanishi
Download 56.83 Kb.
|
Metallarresiklingi3-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- A,B A,B
3.1 – jadval. Qora temir-tersak va chiqindilarni sinflanishi.
davomi
№2 po‘lat temir-tersak va chiqindilar (2A turi) buyurtmachi talabiga muvofiq oltingugurt (S) ni ham va fosfor (P) ni ham miqdori 0,05 foizdan oshmasligi kerak. Bunda to‘g‘ri chiziqli bo‘laklarni bo‘rtiqlarining uzunligi 100 mm dan oshmasligi kerak. Temir-tersak va chiqindilar tarkibidagi trubalarning tashqi diametri 150 mm dan, devorlarini qalinligi 8 mm dan oshmasligi kerak. № A turdagi temir-tersak va chiqindilar (№3 po‘latli temir-tersak va chiqindilar) tarkibida po‘lat chiqindi (skrap) lar va qatlam (list) li metall o‘ramlarni bo‘lishiga ruxsat etiladi. №4 po‘lat temir-tersak va chiqindilari (4A turi) mayda bo‘lakli magnizit va boshqa ishlab chiqarish chiqindilaridan, magnizit ishlab chiqarish mahsulotlarini chiqindilaridan (mix qoziqlar, boltlar, gaykalar va boshqalar) tashkil topgan bo‘lishi kerak. Briketlar (6A, 7A, 23A turlari) toza po‘lat va cho‘yan qirindilaridan qaynoq va sovuq briketlash usullarida tayyorlanadi. Lekin briketlashga zanglab ketgan, yongan va kislotalar ta’sirida emirilgan qirindilarni qo‘shish ta’qiqlanadi. Briketlar shunday sifatli bo‘lishi kerakki, ularni iste’molchilarga tashishda va yuklashda qirindilarga aylanish miqdori 5 foizdan oshmasligi kerak. №1 paketlar (8A turi) faqat toza, engil vaznli turli xil (qatlamli, yo‘l-yo‘l (polosovoy)li, nav (sortovoy)li, trubali) qalaylangan, emallangan, ruhlangan, boshqa rangli metallar bilan qoplangan, kislotalardan emirilgan, zanglab ketgan (zang dog‘lari bo‘lsa ruhsat etiladi) va yongan metallarni presslash ruxsat etilmaydi. Yuqori №2 va past №3 zichlikdagi paketlar (9A va 10A turlari) engil vaznli po‘latli temir-tersak va chiqindilardan presslangan bo‘lishi kerak. Bunda ularning tarkibida qirindilarni bo‘lishiga ruhsat etiladi. Engil vaznli temir-tersak va chiqindilar deb, solishtirma (nasipnoy) zichligini temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlaydigan moslamada, mexanik zichlash natijasida oshirish mumkin bo‘lgan po‘lat temir-tersak va chiqindilariga aytiladi. Erkin ikkilamchi qora metallarni vaznini (kg) ularni egallab turgan hajmiga (m3) nisbati, temir-tersak va chiqindilarning uyma zichligi deyiladi. Po‘lat arqonlar va simlar (13A turi) o‘ralgan, kamida besh joyidan po‘lat simlar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Po‘lat arqonlar gabarit o‘lchamli bo‘laklarga bo‘linishi mumkin. №1 va №2 po‘lat qirindilar (14A va 15A turlari) turli turdagi sochiluvchan mayda qirindilar va turli xil uzunlikdagi tarashlangan, o‘yilgan, kesilgan (visechka) o‘ramlar shaklida bo‘ladi. №1 cho‘yan temir-tersak va chiqindilar (17A turi) mashinalar bo‘laklarini cho‘yan quymalaridan tashkil topgan. №2 po‘lat temir-tersak va chiqindilar (18A turi) cho‘yan qoliplarining bo‘laklari va ost tog‘ora (poddon) lar shaklida bo‘ladi. Oshirilgan va yuqori fosfor tarkibli cho‘yan qolipga quyilgan quyma (pech, idish, badiiy san’at asarlari) bo‘laklari bolg‘alanuvchan cho‘yan, cho‘yan truba №3 cho‘yan temir-tersak va chiqindilari (19A turi)ni tashkil qiladi. Temir-tersak va chiqindilarni sinfga kirmaydigan sinfini asosiy qismini domna prisadkalari (25A turi) tashkil qiladi. Domna prisadkalariga yuqori harorat yoki kislota ta’sir ettiriladigan, emallangan va ruxlangan, zang ta’sirida emirilgan temir-tersak va chiqindilar; cho‘yan burdalari, zarralari; pitralar, sochma o‘qlar (drob) yoki granulalar (qumoq-qumoq donalar); zang bosgan, qizdirilgan cho‘yan va po‘lat qirindilari; shlak chiqidilari kiradi. Po‘latli temir-tersak va chiqindilarni B kategoriyasi 11 turdan iborat. 2B, 3B, 4B, 5B, 6B, 7B, 8B, 11B, 13B, 15B, 16B. Po‘latli temir-tersak va ularni chiqindilar 3 turdan: 17B, 20B, 24B iborat. Bundan tashqari sinfga kirmaydigan temir-tersaklarni 2 turi: 25B, 26B bor. B kategoriyadagi temir-tersak va ularni chiqindilari, A kategoriyadagiday aniq ko‘rsatkichlarga ega. Bundan tashqari B kategoriyani har bir turi belgilangan kimyoviy tarkibga ega. Shuning uchun legirlangan temir-tersaklarni tarqalishi Davlat standarti bo‘yicha B 1 dan B 67 gacha bo‘lgan guruhlarda ko‘rsatilgan. Aralashgan temir-tersaklar, ya’ni qora metallarning turli xil turlari, topshirilishdan va qayta ishlashdan oldin navlarga ajratilishi kerak. Gabariti, talabga javob bermaydigan temir-tersak va chiqindilar gabarit holatiga keltiriladi. Download 56.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling