Dam olish daqiqasi:
O’qituvchi harakatli topshiriqlarni bajaradi vao’quvchilar takrorlaydilar.
III. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Estafeta o’yinidan foydalaniladi. Unda o’qituvchi oldindan tayyorlab qo’yilgan plakatlarga mavzuga oid misollar orqali o’tkaziladi.
IV.Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash.
O’quvchiularga darsda va munozaralardagi ishtirokiga ko’ra ball qo’yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va natijalar e’lon qilinadi
V. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzu yuzasidan suhbat o’tkazilib, darsga yakun yasaladi vauyga vazifani tushuntirib beriladi.
5- topshiriqdagi jadval tushuntirib beriladi.
Bo’sh kataklar o’rniga sonlarni qo’yib jadvalni to’ldiradi.
1-jadvalda quyidagicha misollar yechiladi.
124+536=660 2) 337+x=897 3) x+200=100
2-jadvalda quyidagicha misollar yechiladi.
578-263=315 2) x+440=248 3) 690-x=320
6-masala o’quvchilarga tushuntirib beriladi.
3-dars: Bir xonali songa ko’paytirish yoki bo’lishni o’z ichiga olgan tarkibli masalalar. Tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechish
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechishni tushuntirish, tarkibli masala yechish. TK1: so’z va gaplarni bog’lagan holda o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish; FK1: o’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarda kelajakka ishonch hissini uyg’otish, kasbga yo’llash. TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o’z faoliyatini to’g’rilay olish;
Rivojlantiruvchi: tasavvur ko’nikmalarini rivojlantirish. FK2: o’qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o’z faoliyatini to’g’rilab olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |