3-tajriba. Multimetrdan foydalanishni o‘rganish Tajriba maqsadi
Download 189.83 Kb. Pdf ko'rish
|
3-tajriba. Multimetrdan foydalanishni o‘rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar T.r. Asbob nomi Soni
- Kerakli detallar Belgisi Detal nomi Nominal qiymati Soni
- 9.4-jadval. Multimetrda kuchlanishni o‘lchash
70 3-tajriba. Multimetrdan foydalanishni o‘rganish Tajriba maqsadi Multimetrdan foydalanib DC va AC kuchlanish hamda qarshilikni o‘lchash bilan tanishish. Yuqori qarshilikli zanjirda yuklama effektini tekshirish.
Buban and Schmitt: Understanding Electricity and Electronics. Genish, Howard H.: Electricity and Electronics. Grob, Bernard: Basic Electronics. Mileaf, Hany: Electricity One-Seven.
ixchamlashgan o‘lchov asbobidir. Asbob bilan bajariladigan funksiyalar selektorli qayta ulagich va alohida kirish ulanish uyalarini o‘zgartishi bilan tanlanadi. Odatda har bir funksiyaning bir nechta o‘lchash darajari mavjud bo‘lib, ular selektorli qayta ulagich yoki alohida kirish uyalari bilan o‘zgartirilishi mumkin. Miltimetrda odatda kuchlanish, tok kuchi, qarshilikni o‘lchash funksiyalarining bir nechta o‘lchash oraliqlarini tanlash mumkin. O‘lchash shkalasi maksimal qiymati raqami shu o‘lchash diapazoni uchun hisoblangan koeffitsiyentga ko‘paytirilishi zarur. Masalan, shkala masshtabi 50 V ni tashkil qilsa va biz 500 V ni o‘lchamoqchi bo‘lsak, qiymat ko‘rsatkich 10 ga ko‘paytirilishi zarur, ya’ni 500÷50 = 10. Multimetrning yana bir nomi VOM – volt-om-milliampermetr bo‘lib, ko‘pgina VOM lar AC va DC kuchlanish, tok kuchi va qarshilikni o‘lchay oladi. VOM ni qo‘llashda birgina chegaralanish mavjud. Kuchlanishi o‘lchashda o‘lchanayotgan qarshilik ommetr qarshiligidan katta bo‘lsa ommetr haqiqiy qiymatdan kamroq kuchlanishni ko‘rsatadi va bu hodisa yuklanish effekti deyiladi.Voltmetrda kuzatiladigan yuklanish effekti kattaligini hisoblash keyingi tajribalarimizda qarab chiqiladi. Elektron multimetrlar yoki elektron VOM lar ichki qarshiligi juda katta bo‘lgani uchun yuklanish effekti sezilarli darajada katta emas. Dastlabki elektron multimetrlarda vakuumli lampalar qo‘llanilgan va ular vakuum lampali voltmetr yoki VLV (inglizcha – VTVM) deb ataladi. Zamonaviy elektron multimetrlarda tranzistorlar qo‘llaniladi va tranzistorli voltmetr TV(inglizcha– TVM) deyiladi. Tipik TVM ning o‘lchov shkalasi 3A 9.1-rasmda ko‘rsatilgan. Ko‘pgina TVM lar va VTVM lar DC va AC kuchlanishni hamda qarshilikni o‘lchashga mo‘ljallangan.
71 9.1-rasm. TVM ning o‘lchash chegarasi VOM lar qarshilikni o‘lchash uchun batareyali ta’minlash manbaiga ega bo‘lishi kerak. VTVM va TVM lar odatda AC tarmog‘idan ta’minlanadi, o‘zgaruvchan tok to‘g‘rilanib, elektron qurilma bilan stabillashtiriladi va rostlanadi. Shkala va funksiyalarini o‘zgartiruvchi qayta ulagichlardan tashqari multimetrlarda qo‘shimcha ravishda ko‘rsatkichning 0 nuqtasini o‘rnatuvchi murvat mavjud. 0 nuqtani o‘rnatish odatda 8 Omli qarshilikni moslash bilan amalga oshiriladi. Kuchlanish va tok kuchini o‘lchashda ham shkala nolini o‘rnatuvchi vint mavjud. VTVM va ba’zi TVM larda ichki ko‘priksimon zanjirni yoki komponentlar qarshiligini kompensatsiya qiluvchi muvozanatlovchi murvatlar bor. VTVM larda vakuumli lampalar qo‘llanilgani bois qizib olishlari uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. Kerakli asboblar T.r. Asbob nomi Soni 1. VOM, VTVM yoki TVM turdagi multimetr 1 2. DC Ta’minlash manbai (0 – 15 V) 1 3. 6.3 Volt AC Ta’minlash manbai 1 Kerakli detallar Belgisi Detal nomi Nominal qiymati Soni R l Rezistor l K±5%, l W 1 R
Rezistor 22 K±5 %, 1 W 1 R
Rezistor 1M±5%, l W 1 S
Kalit SPST
1 72 Tajribaning borishi 1. Sizda elektron multimetr bo‘lsa, uni ishga tushiring. Ba’zi VOM larda ON/OFF tugmasi mavjud emas, chunki qarshilikni o‘lchash uchungina tok kerak bo‘ladi. Ta’minlash batareyalari quvvati isrof bo‘lmasligi uchun foydalanilmaganda multimetr qarshilik funksiyasida turmasligi zarur. O‘lchash shkalasini 0 nuqtaga olib keling, zarur bo‘lsa nolga o‘rnatish murvatidan foydalaning. Bu amalni har safar o‘lchashdan oldin bajarish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Multimetr qaysi funksiyalarni va qaysi o‘lchov shkalalariga ega ekanligiga qarang. Ularni quyiga yozing ………………………………….………………………………………………………….. ………………………………….………………………………………………………….. ………………….……………….………………………………………………………….. 2. Har bir funksiyasi uchun o‘lchov shkalasiga qarang. Faqat katta butun sonlargina yozilgan. Ammo oraliq sonlar yozilgan bo‘lsada, shkalani soat shkalasi kabi o‘qish oson. 9.2-rasmda kuchlanishni o‘lchash uchun mo‘ljallangan shkala keltirilgan. Shkalaning maksimal qiymati 5.0 ga teng. Tanlangan o‘lchash chegarasiga ko‘ra bu 5 volt, 50 volt, 500 volt yoki bor-yo‘gi 0.5 volt bo‘lishi ham mumkin. O‘lchash chegarasi 0-50 Volt bo‘lsa,9.2- rasmda necha volt kuchlanish ko‘rsatilgan? ………… volt 9.2-rasm. DC kuchlanish shkalasini o‘rnatish 3. 9.3-rasmda ko‘rsatilgan zanjirni yig‘ing, ammo manbaga hali ulamang. Ta’minlash manbai musbat qutbiga o‘lchov asbobining musbat qutbini ulang va o‘lchash usulini +DC Volt ga o‘tkazing. O‘lchash diapazonini 20V ni o‘lchay oladigan darajaga qo‘ying, 20V maksimal shkaladan kichik bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lsa nol nuqtani o‘rnating. S 1 kalitni ulang ta’minlash manbaini o‘lchov asbobidan foydalanib kuchlanishini 15 VDC ga qo‘ying. Qaysi shkaladan foydalandingiz? …………… 73 a) elektr ulanish chizmasi b) ulanish chizmasi 9.3-rasm. Kuchlanishni o‘lchash uchun multimetrdan foydalanish 4. S
1 kalitni uzing va ta’minlash manbai ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan o‘chiring. Multimetrning musbat qutbini A, manfiy qutbini B nuqtaga ulang. Kuchlanish diapazonini bilmaganligimiz uchun o‘lchash shkalasini tanlashda ta’minlash manbai kuchlanishining eng katta qiymatini tanlaymiz. Ta’minlash manbaini yoqing (ON) va S 1 kalitni ulang. O‘lchash uchun qulay bo‘lgan va mos diapazonni tanlang. O‘lchash natijalarini 9.4-jadvalga kiriting. R 1 (B va C orasidagi) va R 2 (C va D
orasidagi) qarshiliklardagi kuchlanishlar tushuvini o‘lchang. Kuchlanish diapazonini o‘zgartirishda va qayta ulashda ta’minlash manbai uzilganiga (OFF) amin bo‘ling. Bu kuchlanish ko‘rsatkichi o‘lchash diapazonidan chiqib ketmasligini ta’minlaydi va asbobning ishdan chiqishining oldini oladi. Rezistor
+ Terminal - Terminal O‘lchash diapazoni Kuchlanish qiymati R 1 A B R 2 B C R 3 C D 9.4-jadval. Multimetrda kuchlanishni o‘lchash 5. Ta’minlash manbaini uzing (OFF) va kalitdan ajrating, rezistorlarni qoldiring. Multimetrni OMMETR funksiyasiga o‘tkazing, o‘lchash diapazoni 1kOm nominal qarshilik uchun ko‘rsatkich shkala markazida joylashsin. Uchlari uzilgan holda rezistor qarshiligini murvat bilan 8 Omga qo‘ying. R 1 rezistorga ommetrni ulang va qarshiligini o‘lchang. Olingan natijani quyidagi nuqtalar o‘rniga yozing. Jarayonni R 2 , R 3 qarshiliklar uchun ham takrorlang va A hamda D nuqtalar orasidagi qarshilikni ham o‘lchang. R l
R 2 = …... K Om(Shkala nomi-) R 3 = …... K Om(Shkala nomi-) R to‘la
= …... K Om(Shkala nomi -) 74 6. 6 V AC manba kuchlanishini o‘lchash uchun qanday shkaladan foydalanish zarurligini aniqlang. AC VOLTS funksiyasini tanlang va shkalani tanlang. Multimetrni 6 V AC ta’minlash manbaiga ulang va kuchlanishni o‘lchang. Natijalarni va o‘lchash shkalasini nuqtalar o‘rniga yozing. …………VAC …….. Shkala
1. Multimetrning barcha o‘lchash funksiyalari va o‘lchash mumkin bo‘lgan barcha qiymatlar amplitudalarini alohida ustunlarga tartib bilan yozing va xulosa qiling. ………………………………………….…………………………………………………..…………… …………………………….…………………………………………………..………………………… ……………….…………………………………………………..……………………………………… ….………………………………………………….. 2. 3D-jadvaldagi kuchlanish natijalari yig‘indisini hisoblang. Bu natijani ta’minlash manbai kuchlanishi (15 volt) bilan solishtiring. Natijalar yuklama effekti mavjudligini ko‘rsatyapdimi?Agar ko‘rsatsa, multimetr bilan ketma-ket qanday qarshilik ulash zarur? …….. Nima uchun? ………………………………………….………………………………………………….. ……………………………….…………………………………………………………….. 3. 5-mashqda keltirilgan qarshilik qiymatlarini qo‘shing. O‘lchangan va yig‘indi qarshilik qiymati taqriban tengmi? ………………………………….…………………………………………………………..
1. Noma’lum kuchlanishni o‘lchamoqchi bo‘lsangiz qaysi o‘lchash diapazonidan boshlashingiz zarur bo‘ladi? ……………………………………………….…………………………………………….. ……………………………….…………………………………………………………….. 2. Foydalanmayotgan vaqtingizda nima uchun multimetrni ommetr funksiyasida qoldirish mumkin emas? ……………………………………………………………….…………………………….. ……………………………….…………………………………………………………….. 3. Elektron multimetrning oddiy multimetrdan asosiy afzalligi nimada? ………………………………….………………………………………………………….. ……………………………….………..………………………………………………….. 4. Voltmetr bilan yuklamadagi kuchlanishni (kuchlanishning ortishi, kamayishi yoki o‘zgarmasligini) aniqlash. 75 …………………………………………………………………………………………….. 5. Elektron multimetrdagi boshlang‘ich nolni o‘rnatuvchi murvatning vazifasi nimada? ………………………………………….………………………………………………….. ………………………………….………………………………………………………….. 6. Ommetr asosan kabellarning uzluksiz butunligini tekshirish uchun foydalaniladi. Bunda qarshilikni o‘lchash shkalasini qanday tanlashingiz zarur bo‘ladi? ………………………………….………………………………………………………….. …………………….………………………………………………………………………..
Mezon
Baholash turlari To‘liq Yaxshi Qoniqarli Yomon Jami Fikr- mulohaza
Natijalarni baholash
(80 ball) Asboblardan foydalanish 40 Savollarga javoblar 40 Ishlash jarayonini baholash
(20 ball) Uskunalarni ishlatish 8 Ishga munosabati 7 Vaqt Vaqt bo‘yicha talab 5
100 Download 189.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling