3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 114 
imperiyaga hujumlari ko’paydi. German qabilalarida urug’chilik tuzumining 
yemirilishi va qabilalar ittifoqiga birlashishi germanlarni jipslashishiga va katta 
kuchga aylanishiga olib keldi. Varvarlarning bostirib kirishidan imperatorlar doim 
qo’rquvda yashar edilar. IV asrga kelib butun german qabilalari harakatga kela 
boshladi. Ayniqsa gotlar Rimning eng xavfli raqibi edi. Gotlar sharqiy german 
qabilalaridan biri bo’lib, tarixchi Iordan bergan ma’lumotlarga ko’ra gotlarning 
vatani Skandinaviya yarimorolidir. Ammo vaqtlar o’tib ular vatanlarini tashlab 
janubga tomon harakatlana boshlaydi. Qora dengizning shimoliy qismigacha siljib 
keldilar va tobora g’arbga tomon harakatlanaverdilar. Tarixchilar bunga sabab 
sifatida quyidagi ikkita holatni ko’rsatadilar.: 
Birinchidan aholi sonining o’sishi natijasida yangi yerlarga bo’lgan talabning 
oshishi; 
Ikkinchidan sharqdan kelgan xunnlarning hujumlari tufayli. 
Gotlar Qora dengiz bo’yiga o’rnashishi natijasida ular o’troq turmush 
tarziga o’ta boshladilar. Gotlar boshqa german qabilalari kabi hayvon terisidan 
kiyim kiyishar va tug’ma jangchilar edi. Xunnlar istilosi tufayli gotlar ikki qismga: 
vestgotlar (g’arbiy) va ostgotlar (sharqiy)larga bo’linib ketdi. Ostgotlar xunnlar 
bilan 375-yil to’qnashuvi natijasida mag’lubiyatga uchraydi va ular xunnlar 
tarkibiga singib ketadi. Ammo vestgotlar Rim uchun anchayin kuchli dushman 
edilar. Yaxshi harbiy ta’lim ko’rgan Rim legionerlarini gotlar qo’qqisdan qilgan 
hujumlari bilan vahimaga solar, ularni talar, qishloqlarga o’t qo’yar o’rmon 
ichkarisiga g’oyib bo’lardilar. Ostgotlarning xunnlardan yengilishi vestgotlarni 
sarosimaga solib qo’yadi. Ularni Rimdan yordam so’rashga majbur qiladi. Rim 
imperatorlari esa germanlarning imperiyaga ko’chib kelishidan manfaatdor edilar. 
Chunki ular xazina uchun soliqlar to’lar va imperiya hududida yashayotganliklari 
uchun yollanma qo’shin sifatida Rimning legionlarini to’ldirar edi. Imperiya 
chevaralarini qo’riqlash vazifasi ham vestgotlarga yuklatilgan edi. Evaziga 
imperatorlar ularga oziq-ovqat berib turishi kerak edi. Ammo Rim ma’murlari 
gotlarga berilishi kerak bo’lgan oziq-ovqatlarni bermas, juda qimmat narxga sotar, 
hatto bolalarga almashtirar edi. Bu esa gotlar orasida ocharchilik yuzaga kelishiga 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling