30 mavzu: Gidroksi hosilalar. Spirtlar. Fenollar


Download 199 Kb.
bet3/5
Sana20.10.2023
Hajmi199 Kb.
#1712404
1   2   3   4   5
Bog'liq
30 mavzu Gidroksi hosilalar. Spirtlar. Fenollar (1)

Ko‘p atomli spirtlar. Ikki yoki undan ortiq gidroksil guruhi tutgan birikmalarga ko‘p atomli spirtlar deyiladi.
Tarkibida ikkita gidroksil guruh tutgan bo‘lsa glikollar deyiladi. Gidroksil guruhlar 1,2; 1,3 va h-zo holatlarda joylashgan bo‘lishi mumkin:

-glikollarda OH-guruhlar yonma-yon joylashgan bo‘ladi:

-glikollarda OH -guruhlar 1,3-holatda joylashgan bo‘ladi:

-glikollarda OH-guruhlar 1,4-holatda joylashgan bo‘ladi:


Glikollar bir atomli spirtlar kabi olinadi.
1.To‘yingan uglevodorodlarning digalogenli birikmalaridan yoki xlorgidrinlardan olinadi:

2.Alkenlardan oksidlab olish (Vagner reaksiyasi):

Glitserin 1779 yilda K.Sheyele tomonidan yog‘ni ishqor bilan qo‘rg‘oshin oksidi ishtirokida gidroliz qilib olingan. Hozir sanoatda glitserinning ma’lum qismi yog‘dan, asosiy qismi esa sintetik usul bilan allilxlorid yoki allil spirtidan olinadi:

Fizik va kimyoviy xossalari Glikollarda suv va spirtlar kabi vodorod bog‘lari hosil bo‘lgani uchun qaynash temperaturalari yuqori bo‘ladi. Glikollarda bitta yoki ikkita gidroksil guruhidagi vodorod reaksiyaga kirishishi mumkin. Birinchi vodorodning almashishi ikkinchi gidroksil guruhning elektronoakseptor (-I) ta’sirida oson boradi. Glikol etanolga nisbatan kuchli kislota hisoblanadi.
Glikolyatlar quruq glikollarga metallar (Na, K, Mg, Al) ta’sir ettirib olinadi:

Glikollar oksidlanganda oxirgi mahsulot CO2 va H2O hisoblanadi, lekin glikolni glioksalgacha katalitik oksidlash usuli ham mavjud:

Gidroksil guruhni galogenga, masalan bromga almashtirish mumkin:

Glikollardan kuchli kislotalar ishtirokida oddiy efirlar olish mumkin:

Eetilenglikol H2SO4 ishtirokida qizdirilsa siklik efir dioksan hosil bo‘ladi:

Glitserin ham spirtlarga xos bo‘lgan barcha reaksiyalarga kirishadi.
Ko‘p atomli spirtlar (etilenglikol) erituvchilar sintez qilishda, avtomobil va traktor dvigatellari uchun antifriz (etilenglikol, glitserin) sifatida ishlatiladi.

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling