30 mavzu: Gidroksi hosilalar. Spirtlar. Fenollar
Download 199 Kb.
|
30 mavzu Gidroksi hosilalar. Spirtlar. Fenollar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘yinmagan spirtlar
Oddiy efirlar. Oddiy efirlar deb, spirt molekulasidagi vodorodning uglevodorod qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘lgan birikmalarga aytiladi. Bunda uglevodorod qoldig‘i bir xil (R-O-R) yoki har xil (R-O-R’) bo‘lishi mumkin.
Oddiy efirlarni quyidagicha nomlanadi: C2H5-O- C2H5 dietil efiri; etoksietan; CH3-O- CH3 dimetil efiri; metoksimetan CH3-CH2-O- CH3 metiletil efiri, metoksietan va h-zo. Oddiy efirlar natriy alkogolyatlarni galoidalkillari bilan reaksiyasidan olinadi (Vilyamson usuli): Eng muhim efir bo‘lgan dietil efirni etil spirtiga ortiqcha miqdordagi sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: Reaksiyaning ikkinchi bosqichida boshqa spirt ta’sir ettirilsa aralash efir hosil bo‘ladi: Agar spirt 3000C da Al2O3 ta’sirida qizdirilsa suv chiqib ketib, oddiy efir hosil bo‘ladi: Dietil efir metallorganik sintezlarda va tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Diizopropil efiri va metil- uchlamchi-butil efirlari benzinning sifatini oshirishda antidetanator sifatida ishlatiladi. To‘yinmagan spirtlar To‘yingan spirtlar tarkibidagi qo‘sh bog‘ yoki uch bog‘ bo‘lishi mumkin va ular quyidagicha nomlanadi: Masalan, To‘yinmagan spirtlarni to‘yingan spirtlarning olinish usullari bo‘yicha olish mumkin. Allil spirti sanoatda allil xloriddan olinadi: Allil spirtidan sanoatda glitserin ishlab chiqarishda va karbon kislotalarning allil efirlarini olishda foydalaniladi. Ba’zi alkinollar atsetilen, aldegid va ketonlardan Favorskiy A.E. reaksiyasi orqali olinadi: M-n: Mis atsetilenidi ishtirokida suvli eritmada bosim ostida atsetilen va formaldegid reaksiyalaridan foydalanib spirtlar (V.Reppe) olinadi: To‘yingan spirtlar organik sintezda (propargil spirti), parfyumeriya sanoatida (geraniol, lenalool) keng ko‘lamda ishlatiladi. Download 199 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling