306-guruh talabasi berkinova umidaning informatikani o‘qitishni loyihalashtirish fanidan labaratoriya ishi bajardi


Ta’lim jarayonini tashkil etishda talablarni aniq ifodalash


Download 332.14 Kb.
bet4/8
Sana06.04.2023
Hajmi332.14 Kb.
#1334926
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Berkinova Umida labaratoriya 5

Ta’lim jarayonini tashkil etishda talablarni aniq ifodalash. Davlat ta’lim standartiga, o‘quv dasturiga mos mavzularni o‘qitish, o‘qitishda o‘quvchilarni mustahkam bilim olishga undash, hayotga tayyor bo‘lish uchun bilim ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, tarbiyaviy, rivojlanuvchi xususiyatni, shaxsiy sifatlarni rivojlantirish, sodir bo‘ladigan muammolarga mustaqil qaror qabul qilishga, berilgan topshiriqlarni bajarishda ijodkorlik bilan yondashishga o‘rgatish, o‘qishga qiziqish, motivatsiya uyg‘otish, mustaqil o‘rganish qobiliyatlarni, ma’naviyatni, estetik didni kamol toptirish. O‘xshashlik va bir xillikdan qochish, sinfning darsga tayyorligi, yorug‘likning yetarliligi, temperaturaning mosligiga erishish.

  • Ta’lim shaklini loyihalashtirish. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi aynan ana shu shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim o‘qituvchi “Nimani, qachon, qayerda o‘rgatish”ni loyihalab olishi zarur.

  • Ta’lim mazmunni loyihalashtirish. Ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlarida, fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan holatda darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matni, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi [40]. O‘qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga erishishi lozim.

  • Ta’lim metodini loyihalashtirish. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda o‘qituvchi qaysi mazmunni qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa tartibda yetkazib berishi loyihalaydi.


    Download 332.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling