306-guruh talabasi berkinova umidaning informatikani o‘qitishni loyihalashtirish fanidan labaratoriya ishi bajardi
O‘quv mashg‘uloti darajasida informatika mazmunini loyihalashtirish. Ilmiy axborotni o‘quv axborotisifatida qayta ishlashga o‘rgatish
Download 332.14 Kb.
|
Berkinova Umida labaratoriya 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
O‘quv mashg‘uloti darajasida informatika mazmunini loyihalashtirish. Ilmiy axborotni o‘quv axborotisifatida qayta ishlashga o‘rgatish
Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga boʻlinsa, uni har muddatlari bilan koʻrsatiladi. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari: 1-bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari, bosqichma-bosqich natijalari ham koʻrsatiladi. 2-bosqich. Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi. Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda individual va guruh boʻyicha qoʻyilgan vazifalarni bajaradilar. Material, axborot toʻplaydilar. Toʻplangan ma’lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi. 3-bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xonaki varianti yozib chiqiladi. Soʻngra yakuniy variant tayyorlanadi. Rasmiy talablar asosida taxlanadi. 4-bosqich. Loyihaning soʻnggi varianti ekspertga, taqrizga beriladi. Bunda matn aniq asoslangan boʻlib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni gavdalantirishi kerak. Matnda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga oʻxshash materiallar boʻlishi shart. 5-bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasi olinadi, tashqi taqriz natijasini e’lon qilingach, tugallangan hisoblanadi. 6-bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida yoki komissiya a’zolari tomonidan baholanadi. A’zolar tarkibi loyiha ishlab chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan loyihani koʻrib chiqib, tanlanib, soʻngra tayyorlangan hisobot koʻrib chiqiladi. Identiv oʻquv maqsadlari: 1. Oʻquvchilar oʻquv - biluv faoliyatini faollashtirishda oʻqitishning qiziqtiruvchimetodlari toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar. 2. Oʻquvchilar oʻquv - biluv faoliyatini faollashtirishda oʻqitishning qiziqtiruvchimetodlari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. Ilmiy texnikaviy informasiyani izlashHar qanday ilmiy tadqiqot tadqiqot oʻtkazilishi moʻljallanayotgan yoʻnalishga bag’ishlangan ilmiy texnikaviy informasiyalarni izlashdan boshlanadi. Ilmiy texnikaviy informasiya manbai boʻlib quyidagi hujjatlar hisoblanadi: - kitoblar (darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, monografiya, broshyuralar); - davriy matbuot (jurnallar, byulletenlar, institutlarning ishlari, ilmiy toʻplamlar); - me’yoriy hujjatlar (standartlar, texnikaviy shartlar, yoʻriqnomalar, me’yoriy jadvallar, muvaqqat koʻrsatmalar va b.); - katalog va preyskurantlar; - patent hujjatlari; - ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar; - informasiyaviy nashrlar (ITI toʻplamlari, analitik narxlar, informasiyaviy varaqalar, ekspress informasiya, koʻrgazmalarning prospektlari va b.); - xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlar tarjima va asl nusxalari; - dissertasiyalar, avtoreferatlar; - ilmiy-texnikaviy konferensiyalar va ishlab chiqarish yig’ilishlarining ilmiy-texnikaviy materiallari; - ikkilamchi hujjatlar (referativ sharxlar, bibliografik katalog, referativ jurnallar va b.) Informasiyaning yuqorilama oqimi ijrochilar (ITI oliy oʻquv yurtlari, TKB va b.) dan qayd etuvchi idoralarga tomon yoʻnaladi, quyilama oqim esa bibliografik, sharhlar, referativ va boshqa ma’lumotlar koʻrinishida ijrochilar ularning talabiga koʻra yoʻnaladi. Informasiya ‘eskirish’ xususiyatiga ega. Zarur informasiyani izlash - ijodiy jarayon, shunga koʻra uni formallashtirish va demak avtomatlashtirish murakkabli kelib chiqadi. Informasiya oqimi - tanlangan mavzuni ishlab chiqish uchun zarur hujjatlarni izlash boʻyicha operasiyalar majmui. Qoʻlda, mexanik tarzda, mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Koʻlda izlash odatdagi bibliografik varaqchalar, kartotekalar va nashr koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi. Mexanik izlashda informasiya yetkazuvchilar boʻlib perfokartalar hisoblanadi. Mexanizasiyalashtirilgan izlash hisobli perforasion mashinalarni, avtomatlashtirilgani esa EHMni qoʻllashga asoslanadi. Texnologik yondashuv. Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun ishlabchiqarish jarayonlarida qo‘1lanadigan usul va metodlar majmuyi bo‘lib, shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalari amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko‘rsatmali tuzilmada o‘z ifodasini topadi. Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan didaktik loyihalash usullariga bo‘lgan munosabat o‘quv jarayonini samarali va ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga yordam beradi. Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv - bu boshqaruvchi, ya’ni o‘qituvchining mavjud imkoniyatlari asosida tahsil oluvchilarga kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘yilgan maqsadga mos holda shakllantirish jarayonidir. Ta’limda boshqarish jarayoni turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishga turli texnologiyalar joriy etilmoqda. Ta’limning harakatchan modelini tuzish orqali boshqarish o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda. Ta`lim metodikasi – aniq bir oʻquv predmetini oʻqitishga mos qonun, qoida, metod va uslublar majmuasidir. Bu ta`lim jarayonida oʻqituvchi va talaba faoliyati uyg’unligini ta`minlovchi pedagogik faoliyatdir. Darsda YaPT ni qoʻllash jarayonida foydalaniladigan metod va vositalarning xilma-xilligi hamda ular ichidan samaralisini tanlash. Bunda oʻrganilayotgan fan(mavzu) xususiyati asosiy rolni oʻynaydi. Fan(mavzu) mazmuni va oʻqitish jarayoniga mos YaPT lar toʻplanadi va ular ichidan pedagogik samarani kafolatlovchisi tanlab olinadi. Tanlash muammosi oʻrganilayotgan fan(mavzu) va ta`lim oluvchilarga mos qilib tanlanadi. Aks holda eng samarali hisoblangan YaPT ham ta`lim oluvchining intellektual salohiyatiga mos kelmasa ahamiyatsiz boʻlib qolaveradi Oʻqitishning interfaol metodlari. Hozirgi davrda oʻsib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi koʻp jihatdan oʻqitishning interfaol metodlarini qoʻllashga bog’liq. “Aqliy hujum” metodi. “Aqliy hujum” – jamoa boʻlib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi. Ushbu metod tamoyillari boʻyicha oʻqituvchi oʻquvchilar oldiga masalani qoʻyadi va ushbu topshiriqni yyechish boʻyicha oʻzlarining fikrlarini bayon qilishni soʻraydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning g’oyalari haqida oʻz fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yoʻq. “Aqliy hujum”ning qoidalari quyidagilardan iborat: - taklif etilayotgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi; - ish g’oyalar sonini koʻpaytirishga qaratilgan, g’oyalar qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi; - har qandy g’oyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin; - har bir g’oya yozib boriladi; - aqliy hujum oʻtkazish vaqti qat`iy oʻrnatiladi va unga rioya qilinadi. “Aqliy hujum” tugagandan soʻng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. 1-asosiy savol bayoni: Ta`lim mazmunini takomillashtirish oʻqituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qoʻllay olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda koʻrib oʻtdik. Oʻqituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, koʻnikma va malakalarda oʻz ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: ‘oʻquv-bilish jarayonidagi mustaqillik’, ‘ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik’, ‘ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi’ talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu koʻrsatkich talabani boʻlajak oʻqituvchi sifatiga xos boʻlgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham oʻz ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida va boʻlajak oʻqituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qoʻyilgan baho hisoblanadi. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda boʻlajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga boʻlgan e`tiborsizlikka olib keladi. XULOSA
Informatika o‘qituvchisi yuqorida keltirilgan loyihani fanning amaliy, laboratoriya darslari uchun ham tayyorlashi va amalga oshirishi mumkin. Bunday loyihalar dars sifati va samaradorligiga hissa qo‘shadi. Auditoriyadagi ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminardarslarining ajralmas qismi, ularni to‘ldirib boruvchi bu mustaqil ishlarni bajarishdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1.U.K.Tolipov M.Usmonboeva ‘‘Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari’’ o’quv qo’llanma 2006-yil. 2. R.Ishmuhammedov A.Abduqodirov A.Pardaev‘‘Ta’limda innovatsion texnologiyalar(ta’lim muassassalari pedagog o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). Toshkent 2018-yil. Download 332.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling