Buxgalteriya hisobida hisobga olishda asosiy vositalarni turlari bo’yicha (natural buyum shakliga ko’ra) quyidagi gruhlarga ajratiladi: - Buxgalteriya hisobida hisobga olishda asosiy vositalarni turlari bo’yicha (natural buyum shakliga ko’ra) quyidagi gruhlarga ajratiladi:
- yer;
- yerni obodonlashtirish;
- moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar;
- binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar;
- mashina va uskunalar;
- mebel va ofis jihozlari;
- kompьyuter jihozi va hisoblash texnikasi;
- transport vositalari;
- ish hayvonlari;
- mahsuldor hayvonlar;
- ko’p yillik o’simliklar (daraxtlar);
- boshqa asosiy vositalar;
- konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
Ahamiyati bo’yicha, ya’ni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra, asosiy vositalarni, odatda, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan turlarga ajratib o’rganiladi. - Ahamiyati bo’yicha, ya’ni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra, asosiy vositalarni, odatda, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan turlarga ajratib o’rganiladi.
- Хo’jalik faoliyatida foydalanish darajasi bo’yicha asosiy vositalarni harakatdagi va harakatda bo’lmagan turlarga ajratish mumkin.
- Тaalluqligi nuqtai nazardan xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’ziga tegishli (ya’ni xususiy) bo’lgan va ijaraga olingan asosiy vositalarga ajratiladi.
- Тarmoqlar bo’yicha esa asosiy vositalar sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo va umumiy ovqatlanish, sog’likni saqlash va hokazolar kabi iqtisodiyotning tarmoqlariga tegishli bo’lgan asosiy vositalarga guruhlanadi.
Asosiy vositalarni baholash tartibi. - Asosiy vositalarni baholash tartibi.
- Asosiy vositalarni to’g’ri hisobga olish faqat ularni baholashning yagona tamoyili bo’lgan sharoitdagina amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy hiso-botning xalqaro standartlari (MHХS)ga muvofiq qiymatning quyidagi tushun-chalari mavjud:
- boshlang’ich qiymati;
- joriy qiymati;
- qoldiq qiymati;
- tugatish qiymati;
- Asosiy vositalarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash bilan bog’liq to’g’ridan-to’g’ri xarajatlarni, jumladan, undan maqsadli foydalanish uchun zarur bo’lgan o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga oladi.
- Boshlang’ich qiymat — bu asosiy vositalarni yaratish (qurish va qayta qurish) yoki sotib olish bo’yicha xaqiqiy amalga oshirilgan xarajatlar qiymati bo’lib, jumladan to’langan va qayta qoplanmaydigan soliqlar va yig’imlar, shuningdek, tashib keltirish va montaj qilish, o’rnatish va foydalanishga topshirish bo’yicha xarajatlar va aktivni tayyorlanishi bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |