31-modda. Sudyaning vakolatlari


Download 56.59 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi56.59 Kb.
#1482111
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
protses ishtirokchilari

71-modda. Tarjimon
Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi:
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov bo‘lsa;
2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa.
Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qo‘llaniladi.
7-bob. JINOYAT PROTSESSIDA IShTIROK ETIShGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILIShLAR
Oldingi tahrirga qarang.
76-modda. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
(76-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:
(76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa;
2) u ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning yoki ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi.
3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, o‘sha ishni kelgusida ko‘rishda qatnasha olmaydi.
(76-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya o‘z ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda yoxud ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining o‘z protsessual majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish bo‘yicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik qilmaydi.



Download 56.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling