31-modda. Sudyaning vakolatlari


-modda. Prokurorning, himoyachining, jamoat ayblovchisining, jamoat himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari


Download 56.59 Kb.
bet7/7
Sana15.06.2023
Hajmi56.59 Kb.
#1482111
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
protses ishtirokchilari

412-modda. Prokurorning, himoyachining, jamoat ayblovchisining, jamoat himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat sudlanuvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati bo‘lmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz ko‘rish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi.
Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur vaqt berilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga kelmaganligi to‘g‘risida sud tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi.
424-modda. Sud majlisining tartibi
Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir bo‘lganlarning hammasi o‘rinlaridan turadilar.
Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, ko‘rsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin.
Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir bo‘lgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish to‘g‘risidagi farmoyishlarini so‘zsiz bajarishlari lozim.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh bo‘lmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.
451-modda. Sudlanuvchining oxirgi so‘zi
Taraflarning muzokarasi tamom bo‘lganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi so‘z beradi. Sudlanuvchining oxirgi so‘zi vaqtida unga hech qanday savol berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 46-moddasining ikkinchi qismi.
Sud sudlanuvchining oxirgi so‘zini muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining so‘zini, u ishga mutlaqo aloqasi yo‘q holatlarni bayon qila boshlagan hollarda, to‘xtatishga haqlidir.
464-modda. Oqlov hukmini chiqarish asoslari
Oqlov hukmi quyidagi hollarda chiqariladi, basharti:
1) jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa;
2) sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmasa;
3) jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor bo‘lmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda o‘z tasdig‘ini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra sudlanuvchini oqlaydi.
Download 56.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling