31-modda. Sudyaning vakolatlari


-modda. Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining vakolatlari


Download 56.59 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi56.59 Kb.
#1482111
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
protses ishtirokchilari

37-modda. Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining vakolatlari
Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko‘radilar.
Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, shuningdek dastlabki tergov o‘tkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida tergovchiga ko‘rsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36-moddasi.
Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari tergovchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.
Olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.


38-modda. Surishtiruv
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv:
1) ichki ishlar organlarining;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
5) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi bo‘linmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
(38-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi O‘RQ-548-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son)
Oldingi tahrirga qarang.


Download 56.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling