31-modda. Sudyaning vakolatlari


Download 56.59 Kb.
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi56.59 Kb.
#1482111
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
protses ishtirokchilari

45-modda. Ayblanuvchi
Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 361-moddasi.
Ayblanuvchi sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi.
65-modda. Guvoh
Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs guvoh sifatida ko‘rsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin.
67-modda. Ekspert
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin.
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Ekspert chaqirish, ekspertiza tayinlash va o‘tkazish ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
69-modda. Mutaxassis
Tergov va sud muhokamasini o‘tkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Himoyachining iltimosnomasiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin.
(69-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Tergov va sud muhokamasini o‘tkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon, videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qo‘llash uchun mutaxassis chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu Kodeksning 9192136 — 138146147149151156-moddalarida221-bobida va 193-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(69-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi

Download 56.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling