36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima? 36. Bozor
Diler va brokerlik faoliyatini yoritib bering ?
Download 82.55 Kb.
|
Mikro javoblar 36-70
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60. Tadbirkorlik shakllari haqida malumot bering va ularni izohlab bering
- 61. Davlatning iqtisodiyotga tasir qilish usullari va vositalari
59. Diler va brokerlik faoliyatini yoritib bering ?
59. Brokerlik operatsiyalari – mijozning topshirig‘iga asosan va uning pul mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar. Dillerlik operatsiyalari – tashkilot o‘z nomidan va o‘z pul mablag‘i evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar. 60. Tadbirkorlik shakllari haqida malumot bering va ularni izohlab bering ? 60. Barcha ko'rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo'yicha. Bulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Turi yoki qoʻllanilishi bo'yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo'linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat koʻrsatishi mumkin. Mulkchilik shakli bo'yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bo'lishi shuningdek, Jamoa birlashmalari (tashkilotlarl) Ixtiyorida bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki Imtiyozlarga davlat tomonidan ko'rsatma berilishiga yo'l qo'yilmaydi. Mulkdorlar soni bo'yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida bo'ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli bo'ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo'lib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy-huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga boʻlish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi. Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir. Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida, egadorlaming biliml, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil. etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli kamchiliklarga ega bo'lib, ular quyidagilarda namoyon bo'ladi: har bir shirkat ishtirokchisi o'zining qo'shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega. Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, agar ular bunga qarshi bo'lsalarda, majburiy bo'lishi mumkin. Shirkatlar mas'uliyati cheklanmagan va mas'uliyati cheklangan ikki guruhga boʻlinadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablag'larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko'rinishida) xo'jalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas'uliyati cheklangan Jamiyat a'zolari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat o'zlari qo'shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o'laroq, qo'shimcha masuliyatli jamiyat a'zolari o'zlarining barcha mulklari bo'yicha Javobgar hisoblanadilar. Tadbirkorlikning eng ko'p tarqalgan ko'rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog'oz - aksiya chiqarish yo'li bilan zarur mablag'ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik Jamiyati a'zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo'yicha, o'zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar. Ishlab chiqarish yokl boshqa xo'jalik yuritish faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi. Kooperativ a'zolari uchun, ulaming shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir. 61. Davlatning iqtisodiyotga tasir qilish usullari va vositalari ? 61. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: bevosita ta`sir qilish usullari; bilvosita ta`sir qilish usullari; tashqi iqtisodiy usullar. Markazdan boshqarish tartibi ustun bwlgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta`sir qilish usullari ustun bwlsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog`langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta ywl orqali shakllanadi: 1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog`ozlar bilan tovon twlash orqali mulkni milliylashtirish; 2) davlat byudjeti mablag`lari hisobiga yangi korxonalar, ba`zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish; 3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Hozirda swnggi uchinchi ywl ustun ravishda amal qilmoqda. Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi. Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma`muriy vositalardan foydalanadi. Ma`muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni wz ichiga oladi. Tartibga solishning ma`muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini twg`ridan-twg`ri tartibga solish kwzda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta`sir qilish tadbirlari kam samarali bwlib, ma`muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida kwrsatish mumkin:
Download 82.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling