36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima? 36. Bozor
Yakka tartibdagi tadbirkor hamda kooperativ haqida gapiring ?
Download 82.55 Kb.
|
Mikro javoblar 36-70
- Bu sahifa navigatsiya:
- 65. Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqarishning asosiy elementlari
64. Yakka tartibdagi tadbirkor hamda kooperativ haqida gapiring ?
64. YAkka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o’zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Kooperativ tadbirkorlik – jamoa mulkiga asoslanib, kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli. 65. Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqarishning asosiy elementlari ? 65. Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik faoliyati texnika bazasining o’sishi va ishlab chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi. Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish soha ida – mineral xom ashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash soha ida – xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi. Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir. Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyo va materiallarning tarkibi, me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart). Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun, ishlab chiqarish va mehnat vositalaridan tashqari, moddiy sharoit (ishlab chiqarish binosi, yoritish qurilmalari, omborlar va h.k.) amal qiladi. Bu sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi yo mutlaqo mumkin emas yoki faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiy-iqtisodiy (kishilar munosabati) va moddiy-texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi. Bu omillarning ta’siri natijasida har qaysi korxonada ishlab chiqarish jarayoni tashkil topadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni ichki tuzilishi jihatdan bir xil emas: u mustaqil jarayonlardan tashkil topgan bo’lib, turli shakllarga va o’ziga xos xususiyatga ega. Bu ayrim mustaqil jarayonlar, odatda, asosiy va yordamchi jarayonlarga bo’linadi. SHuningdek, har qanday asosiy jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin (mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketma-ket olib boriladi). Bunday qismlar asosiy mahsulotni tayyorlash bosqichi yoki bosqichsi deyiladi (har qaysi bosqich yoki bosqichsi texnologik jihatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil etadi). Ishlab chiqarish jarayonining bosqichsi bir-biridan qo’llaniladigan texnologik usullar, uskunalarning xarakteri va kadrlarning ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, mashinasozlik korxonalarining asosiy jarayoni uchta bosqichdan iborat: tayyorlash, qayta ishlash va yig’uv. Bosqichlar ayrim operatsiyalardan tashkil topadi. Operatsiya o’zgarmas ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi. Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyoviy tarkibi bir necha o’rinlarda ishchilar nazorati ostida o’zgarishiga operatsiya deyiladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Download 82.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling