39. Materiallarni maydalash. Майдалаш


Bolgʻali yanchish mashinasi


Download 35.54 Kb.
bet6/7
Sana24.02.2023
Hajmi35.54 Kb.
#1227014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
atj shpargalga 39 dan

46.Bolgʻali yanchish mashinasi. Bu uskuna zarba-markazdan qochma kuchlari asosida ishlaydigan yanchish mashinalari turiga kiradi. Bu mashinaning ichki qismi eskirishga bardoshli marganetsli poʻlat plitalari bilan qoplangan qobiq 1, val 2 va valga oʻrnatilgan disk 3 dan iborat. Diskda paleslar 4 yordamida bolgʻalar 5 erkin joylashtirilgan. Bolgʻalar ham marganetsli poʻlatdan tayyorlangan. Qobiqning pastki qismida kolosnikli panjara 6 bor. Bolgʻalari boʻlgan disk 40 m/s tezlik bilan aylanma harakat qiladi. Mashinaga tushgan material bolgʻalarning zarbasi va plitalarga urilish zarbasi ta’sirida yanchiladi. Material kolosnikli panjara orqali oʻtish paytida esa qoʻshimcha yeyilish va ezilishga duch keladi.
Bolgʻali yanchish mashinalari yuqori unumdorlikka ega boʻlib, asosan moʻrt materiallarni maydalash uchun ishlatiladi. Eskirishga chidamli boʻlgan materiallarni ishlatilishiga qaramasdan, yanchigichning ish organlari tezda yeyilib ketadi, rotorini esa davriy ravishda balansirovka qilib turish zarur boʻladi.
Sharli tegirmon. Sharli tegirmon maydalovchi jismlar (metall yoki kvarsdan tayyorlangan sharlar) bilan qisman toʻldirilgan barabandan iboratdir. Barabanning aylanishi paytida ishqalanish kuchlari ta’sirida sharlar baraban bilan birgalikda harakat qilib, ma’lum balandlikka koʻtarilgandan soʻng erkin tushib, materialni zarba kuchi va yeyilish natijasida maydalaydi. Sharli tegirmonlar bir necha turga boʻlinadi: diafragmali; quvurli; sterjenli va hokazo. 5.4-rasmda sharli diafragmali tegirmon sxemasi koʻrsatilgan. Bunday tegirmon yon tomondan qoʻyilgan qopqoqlar 1 va 7 bilan berkitilgan kalta silindrsimon barabandan iboratdir. Baraban ichi boʻsh sapfalar 9 yordamida aylanma harakat qiladi. Qopqoqlarning bittasi butun koʻndalang kesimi boʻyicha diafragmali panjara 6 bilan toʻsilgan boʻladi.

Diafragmali panjara materialning katta boʻlaklarini va sharlarni ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Maydalangan material diafragmaning tor tirqishlari orqali oʻtib, radial qirralar 8 yordamida yoʻnaltiruvchi konus 10 ga tukiladi, soʻngra ichi boʻsh sapfa orqali mashinadan tashqariga chiqariladi.


Yupqa maydalash uchun moslangan tegirmonlar diametri 25 dan to 150 mm gacha bulgan poʻlat sharlar bilan taxminan yarmigacha toʻldirilgan boʻladi. Tegirmondagi maydalash jarayoni quruq va hoʻl usullar bilan olib boriladi. Hoʻl usul qoʻllanilganda hosil boʻlgan suspenziya yuk tushiruvchi sapfa orqali tashqariga chiqariladi.
Sharli tegirmonlarning maydalash samaradorligi va energiya sarfi maydalovchi jismlarning aylanish tezligi, ogʻirligi va oʻlchamlariga, hoʻl usul qoʻllanilganda esa suspenziyaning konsentratsiyasiga ham bogʻliq boʻladi.
Sharli tegirmonlar bir qator afzalliklarga ega: hoxlagan materiallarni maydalash mumkin; uzoq davom etgan ish rejimida doimiy maydalanish darajasiga erishiladi; mustahkamlik va havfsizlikni ta’min etadi; ishlatish juda qulay. Bunday tegirmonlar kamchiliklardan ham holi emas: oʻlchamlari ancha katta; foydali ish koeffitsiyenti ancha kichik; maydalovchi jismlarning yeyilishi natijasida maydalangan material zarrachalari ifloslanadi; mashinalarning ishlash jarayonida shovqin hosil boʻladi.
Purkovchi tegirmon. 5-rasmda quvurli kameraga ega boʻlgan purkovchi tegirmon koʻrsatilgan. Tegirmon chegaralangan quvur 1 dan tashkil topib, uning pastki qismida siqilgan havo beruvchi konusli naychalar 6 joylashtirilgan. Maydalanishi lozim boʻlgan material tegirmonga injektor 5 orqali beriladi. Quvurning ichida uyurma oqim hosil boʻladi. Uyurmali oqimning ichida boʻlgan zarrachalarning koʻp marotaba oʻzaro urilishi natijasida materialning maydalanishi yuz beradi. Oqimning tirsak 2 dan oʻtishida markazdan qochma kuch maydoni hosil boʻladi, bu maydon yordamida maydalangan material saralanadi. Katta kinetik energiyaga ega boʻlgan yirik zarrachalar quvurning tashqi devori tomoniga intiladi va harakatni davom ettirib qaytadan maydalash zonasiga tushadi. Mayda zarrachalar esa havo oqimi bilan birgalikda qiyasimon toʻsiqli panjara 3 dan oʻtib, quvur 4 orqali uskunadan tashqariga chiqariladi. Bu oqim soʻngra siklon va yengil filtrlarga yuboriladi.
Purkovchi tegirmonlarda yuqori darajada bir jinsli boʻlgan maydalangan mahsulot olinadi, biroq ular koʻp miqdordagi siqilgan havoni ishlatilishi sababli katta energiya sarfini talab qiladi. Shu sababdan purkovchi tegirmonlar faqat qimmatbaho mahsulotlarni oʻta yupqa qilib maydalashda ishlatiladi.
Dezintegratorlar va dismembratorlar. Bunday mashinalar moʻrt va yumshoq materiallar (oltingugurt, tuzlar, kaolin, boʻyoqlar va hokazo) ni maydalash uchun ishlatiladi. Dezintegrator vallarga oʻrnatilib, qarama-qarshi tamonlarga qarab aylanuvchi ikkita disklardan iborat (5.6-rasm).



Download 35.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling