39. Materiallarni maydalash. Майдалаш


Download 35.54 Kb.
bet7/7
Sana24.02.2023
Hajmi35.54 Kb.
#1227014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
atj shpargalga 39 dan

Purkovchi tegirmon:
Disklarga ularning aylanasi boʻylab zarba beruvchi paleslar shunday joylashtirilganki, birinchi diskdagi paleslar qatori ikkinchi diskdagi ikkita paleslar qatorining oʻrtasiga kiradi. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida dezintegratorga tushgan material disklar yordamida mashinaning
ichki qismiga uloqtirilib tashlanadi va aylanib turgan paleslarga duch keladi. Bunday holatda material maydalanib, paleslar oraligʻidagi boʻshliqdan oʻtib, tegirmonning pastki qismiga tushadi va tashqariga chiqariladi. Disklarning aylanish soni minutiga 1200 dan 2200 gacha boʻladi.
Metall boʻlakchalaridan tozalash maqsadida material dezintegratorga berilishdan oldin gʻalvir va elektromagnitli separatordan oʻtkaziladi. Bunday sharoitda zarba beruvchi paleslar va disklar metall parchalari ta’sirida buzilishdan saqlanadi.
Dismembratorlarda zarbali paleslarga ega boʻlgan disklardan bittasi aylanuvchan boʻladi, ikkinchisi esa qoʻzgʻolmas boʻladi va ochiladigan kopqoqni tashkil etadi. Ikkala mashinalarning ham ishlash prinsipi bir xil, biroq dismembrator dezintegratorga nisbatan ixchamroq mashina hisoblanadi. Dismembratorning barabani turli shakldagi teshiklari boʻlgan xalqasimon toʻrning ichida aylanadi. Xalqasimon toʻrning vazifasi, birinchidan kerakli oʻlchamga ega boʻlgan zarrachalarni elash, ikkinchidan, zarrachalarni toʻrga urilishi ta’sirida ularni maydalashga yordam berish.


Vibratsiyali tegirmonlar. Bunday mashinalar katta qattiqlikka ega boʻlmagan materiallarni oʻta yupqa maydalash uchun ishlatiladi (5.7-rasm). Ushbu guruhdagi mashinalar ichki boʻshligʻining 70÷80 % vibratsiya qiluvchi sharlar bilan toʻldirilgan barabandan iborat boʻladi. Baraban muvozanatlanmagan val yordamida harakatga keltiriladi. Materialning maydalanish jarayoni vibratsiya qiluvchi sharlarning jadal harakati va ularning bir-birlari bilan tez-tez toʻqnashuvlari oqibatida yuz beradi. Vibratsiya ta’sirini tegirmon fundamentiga berilmasligi uchun mashinaning qobigʻi prujinali suyanchiqqa oʻrnatilgan boʻladi.
Vibratsiyali tegirmonlar davriy yoki uzluksiz rejimda materiallarni quruq yoki xoʻl usul bilan maydalashda qoʻllaniladi. Bunday mashinalardan zarrachalarning oʻlchamlari 1÷2 mm dan 60 gacha va undan ham kichikroq boʻlgan materiallarni oʻta yupqa maydalashda foydalanish samarali hisoblanadi.
Download 35.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling