3–mavzu: Atom tuzilishi. Reja: Atom tuzilishi va uning yadroviy modeli


Sun`iy radioaktivlik. Yadroviy reaksiyalar


Download 380.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana26.01.2023
Hajmi380.05 Kb.
#1128262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu

3.5. Sun`iy radioaktivlik. Yadroviy reaksiyalar. α nurlar musbat zaryadli 
zarrachalar oqimi bo'lib, ularning zaryadi elektron zaryadidan ikki marta ortiq. Bu 
zaryadning massasi 4 u.b.ga teng. α zarracha musbat zaryadlangan geliy ioni 
ekanligi 1909 yilda isbotlandi. U material maydon harakatida elektron qabul qilib, 
geliy atomiga aylanadi. 
2-rasm. Radioaktiv moddadan chiqayotgan nurlarning 
ajralishi. 


 β nurlar katod nurlari kabi, elektronlardan iborat. Bu nurlarning tezligi 300 
ming km/sek ga yaqin.
γ nurlar rentgen nurlari kabi elektroneytraldir, lekin ularning to`lqin uzunligi 
rentgen nurlarinikidan ham kichik.
Radioaktiv elementlar o‘zidan α, β, γ nurlarni tarqatishi, ya'ni radioaktiv 
yemirilishi natijasida yangi elementlar hosil bo'ladi. Masalan: 
Hosil bo'lgan radon elementi o‘z navbatida nurlar tarqatishi natijasida atom 
massasi 218 ga teng bo'lgan, kimyoviy xossalari jixatidan poloniy elementiga 
o'xshash yangi radiy elementi hosil qiladi: 
Poloniy ham radioaktiv element, u o`z navbatida nur tarqatib yangi radioaktiv 
element hosil qiladi va bunday radioaktiv yemirilish radioaktiv bo‘lmagan element 
hosil bo‘lguncha davom etadi. 
Uran yoki toriy atomlari parchalanganda, ular umuman boshqa elementlarga 
aylanadi. O‗z navbatida ulardan hosil bo‗lgan yangi elementlar ham radioaktiv 
bo‗lib, ular ham parchalanib, yanada soddaroq boshqa element atomiga aylanadi. 
Bunday parchalanish va o‗zgarishlardan bir nechasi amalga oshgandan so‗ng esa, 
endilikda boshqa parchalanmaydigan va radioaktiv bo‗lmagan barqaror element 
atomi hosil bo‗ladi. Shunisi aniqki, qaysi bir radioaktiv element bo‗lmasin, uning 
parchalanishining 
barcha-barcha 
bosqichlaridan 
so‗ng 
oxirida 
albatta qo‗rg‗oshin elementi hosil bo‗ladi.
Atom raqami 92 va 90 bo‗lgan Uran va Toriy elementlarining 82 element – 
qo‗rg‗oshingacha parchalanishi yo‗lida hosil bo‗luvchi elementlar qatori, davriy 
jadvaldagi 84, 85, 86, 87, 88, 89 va 91 – raqamli elementlarning barchasini o‗z 
ichiga 
oladi. 
Bular:
Poloniy, 
astat, 
radon, 
fransiy, 
radiy, 
aktiniy va protaktiniy elementlari 
bo‗lib, 
ularning 
hammasi 
radioaktiv 
elementlardir. Ushbu radioaktiv elementlar ham vaqt o‗tishi bilan parchalanib 
boradi. Faqat ularning parchalanish muddatlari, ya‘ni, yarim yemirilish davri uran 
va toriy elementlariga nisbatan ancha tezroq, boshqacha aytganda qisqaroq bo‗ladi. 
Agar 84-elementdan boshlab 91-elementgacha bo‗lgan radioaktiv elementlar katta 
miqdorlarda va sof holda mavjud bo‗lganida, Yerda o‗tgan million yillar 
mobaynida ular butunlay parchalanib ketib bo‗lgan bo‗lur edi. Ulardan ayrimlari 
bir necha kun ichida parchalanib, qo‗rg‗oshinga aylanib bo‗lgan bo‗lardi. Ushbu 
elementlarning o‗z holicha, sof holatda mavjud bo‗lgan miqdorlari (agar 
qachonlardir bo‗lgan bo‗lsa) haqiqatan ham parchalanib, qo‗rg‗oshinga aylanib 
ketib bo‗lgan. hozirda mavjud poloniy, radiy, fransiy, aktiniy, protaktiniy, radon, 
astat elementlari atomlari esa, aynan toriy va radiyning parchalanishidan hosil 
bo‗lgan va hosil bo‗lib kelmoqda.
O‗zida uran yoki toriy tutadigan har qanday minerallarning tarkibida ushbu 
84-91 radioaktiv qatorga mansub elementlarning barchasi muayyan miqdorlarda 
albatta uchraydi. Shu sababli ham nasturan minerali, undagi barcha uranni chiqarib 
olgandan so‗ng ham radioaktiv bo‗lib qolaveradi. 


Agar radioaktiv element α nur tarqatsa, uning yadro zaryadi 2 va massasi 4 
uglerod birlikka kamayib, element davriy sistemada ikki xona chapga siljiydi. 
Masalan: 
Agar radioaktiv element o‘zidan β nur tarqatsa, yadro zaryadi bittaga oshadi, 
element massasi esa o‘zgarishsiz qoladi va element davriy sistemada bir xona 
o‘ngga siljiydi. Masalan: 
Radioaktiv yemirilish shuni ko‘rsatdiki, har bir sekundda atomlarning bir xil 
miqdori yemiriladi. Bu miqdor yemirilish konstantasi deyiladi. 
Radioaktiv element dastlabki miqdorining yarim yemirilishiga ketadigan vaqt 
yarim yemirilish davri deyiladi va ―T‖ harfi bilan belgilanadi. 

Download 380.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling