3–mavzu: Atom tuzilishi. Reja: Atom tuzilishi va uning yadroviy modeli


Download 380.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana26.01.2023
Hajmi380.05 Kb.
#1128262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu



3–mavzuAtom tuzilishi.  
 
Reja: 
1. Atom tuzilishi va uning yadroviy modeli. 
2. Yadroviy reaksiyalar. Bor postulatlari. 
3. Atom yadrosining tarkibi. Izotop va izobarlar.
4. Radioaktivlik. Radioaktiv yemirilish qatorlari.
5. Sun`iy radioaktivlik, yadroviy reaksiyalar.
6. Yadro energetikasi, undan foydalanish.
 
3.1. Atom tuzilishi va uning yadroviy modeli. Eritmalar (XIX asr 30 y. 
ingliz olimi M.Faradey) va gazlardan elektr tokini o‘tishini o‘rganish; past 
bosimdagi gazlarda katodlar orasida birinchi musbat zaryadli ionlar, ikkinchi 
manfiy zaryadli ionlar, elektronlarning tartibli harakatini ko‘rsatuvchi kanal nurlari 
(1886y.) va katod nurlari (1895 yil, ingliz olimi Kruks)ning kashf etilishi
elektronning mavjudligini isbotlash (1897 y. J.Tomson) va uning tavsifi (zaryadi 
va massasi)ni o‘lchash; radioaktivlik hodisasi (1896 y. A.Bekkerel) va boshqa bir 
qancha 
tadqiqotlar 
moddalarning 
atomlari 
turli 
xildagi 
zaryadlangan 
zarrachalardan tarkib topib, murakkab tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatdi. 
XX asr boshlarigacha atom moddaning oxirgi bo‘linish darajasi deb kelindi. 
Atomning ichki tuzilishini bir-biridan massalari, o‘lchamlari, zaryadlari, yashash 
vaqti bilan farq qiladigan mayda zarrachalar tashkil qiladi. Bu zarrachalar 
elementar zarrachalar deyiladi. Xozirgi vaqtda bunday zarrachalardan 200 dan 
ortig`i fanda ma'lum. 
Katod nurlari. Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba 
ma'lumotini 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr razryadi hosil bo'lish 
hodisasini tekshirish natijasida qo‘lga kiritildi. Agar ichidagi havosi so`rib olingan 
shisha nayning bir uchiga katod, ikkinchi uchiga anod kavsharlanib unga yuqori 
chastotali tok ulansa, katoddan nur tarqala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari 
deyiladi. Elektr va magnit maydonida bu nurlar dastlabki yo'nalishdan musbat 
qutbga og‘adi (1-rasm). 
Bu esa ularning manfiy zaryadlanganligini ko‘rsatadi. Katod nurlari katta 
tezlik bilan harakat qilayotgan manfiy zarrachalar oqimidir. Bu zarrachalar 
keyinchalik elektronlar deb ataldi.

Download 380.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling