3–mavzu: Atom tuzilishi. Reja: Atom tuzilishi va uning yadroviy modeli
Download 380.05 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biror radioaktiv elementning ikkinchi bir radioaktiv elementga o’tish qatori radioaktiv yemirilish qatori deyiladi
Radioaktiv elementlar - barcha izotoplari radioaktiv boʻlgan kimyoviy
elementlar. Tabiatda uchraydigan, tartib raqami 83 (vismut)dan katta boʻlgan barcha elementlar radioaktiv. Ularni ketma-ket yuz beradigan radioaktiv oʻzgarishlar zanjirlarining alohida halqalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Bir zanjir tarkibiga kiruvchi elementlar radioaktiv oila yoki radioaktiv qator hosil qiladi. Tartib raqami 83 dan kichik boʻlgan Radioaktiv elementlar ham bor. Ular texnetsiy 43Te va prometiy 61Pm. Davriy sistemada joylashgan urandan keyingi elementlar sunʼiy usulda olingan transuran elementlardir. Tabiiy Radioaktiv elementlardan faqat uran (tartib raqami 92) va toriy (90) elementi izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga yaqin. 238U (T,,2=4,51 mlrd.-yil), 235U (713 mln.y.), 232Th (14,l mlrd.yil). Shuning uchun barcha tabiiy Radioaktiv elementlar ichida faqat uran bilan toriy birlamchi Radioaktiv elementlar hisoblanadi. Qolgan barcha Radioaktiv elementlar uzoq mavjud boʻluvchi izotoplarning parchalanishidan hosil boʻladi va ular ikkilamchi Radioaktiv elementlar hisoblanadi. Turgʻun izotoplaridan tashqari uzoq mavjud boʻluvchi tabiiy radioaktiv izotoplari boʻlgan 16 ta element ham mavjud (40K, 50V, 87Rb, ll5In, l38La, , , l42Ce, l44Nb, l47Sm, 152Gd, l76Lu, l74Hf, l80Ta, l80W, l87Re, "°Pt, l92Pt). Yadro energiyasi olishda uran va plutoniy amaliy ahamiyatga ega. Biror radioaktiv elementning ikkinchi bir radioaktiv elementga o’tish qatori radioaktiv yemirilish qatori deyiladi. Xozirgi vaqtda 3 ta tabiiy radioaktiv yemirilish qatori ma'lum va uchala qator ham radioaktiv bo‘lmagan qo‘rg‘oshin elementi bilan tugaydi. I-qator atom massasi 235 ga teng bo'lgan aktiniy-uran qatori. Bu qator 7 ta α va 4 ta β nur tarqatib, massasi 207 ga teng bo'lgan barqaror qo‘rg‘oshin elementini hosil qiladi. II-qator atom massasi 238 teng bo'lgan uran qatori. Bu qator o‘zidan 8 ta α va 6 ta α nur tarqatib, atom masasi 206ga teng bo'lgan Pb elementini hosil qiladi. III-qator atom massasi 232 ga teng bo'lgan toriy qatori. Bu qator o‘zidan 6 ta α va 4 ta β nur tarqatib atom massasi 208 ga teng bo'lgan barqaror qo‘rg‘oshin elementini hosil qiladi. Download 380.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling