4 – amaliy mashG‘ulot mavzu: metallmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detallarni o‘rganish Ishdan maqsad


Download 309.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.01.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1078209
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 - амалий машғулот

Shisha materiallari
Shisha xam boshqa nometall materiallar kabi 
hamma sohalarda juda keng ishlatiladi. Shisha 
materiallar asoson sun’iy usulda ishlab chiqariladi. 
Shisha xosil qilish uchun kvars qumi, borat 
kislotasi, tanokor, bo‘r, marmar toshi, dolomit, soda 
va oxaktoshdan
1-rasm. 
Plastmassalarning 
strukturalari. 
iborat aralashmani pechlarda 1330 – 1500 
0
S temperaturada suyuqlantirish yo‘li bilan olinadi. 
Kremniyli (silikat) shishalarni asosi kremniy (II) oksididan iborat bo‘lib, keng ishlatiladi. 
Silikat shishalarning kristall panjara tuzilishlari tetraedr sinchlaridan iborat bo‘lib, burchaklari 
tutashgan bo‘ladi (2-rasm). 
Kremniyning bir qismi aluminiy yoki bor elementi bilan 
almashtirilsa, o‘zgacha tuzilish xosil bo‘ladi. Bu ishlarga aluminiy - 
silikatli yoki borsilikatli shishalar deb ataladi. Texnik shishalarning 
asosini aluminiy, bor, kremniy oksidlari (Al
2
O

- B
2
O

- SiO
2
) hosil 
qiladi. Shishaning mikroqattiqligi 4 - 10 GPa ga, elastikliklik moduli 
40 -120 GPa siqilish mustaxkamligi 2 GPa, cho‘zilishdagi 
mustahkamligi 90 GPa, egilishdagi mustaxkamligi 120 MPa ga teng 
bo‘ladi. Shisha isitilganda uning qovushqoqligi ortib boradi. Qattiq 
xolatdan suyuq xolatga o‘tish ma’lum temperatura oralig‘ida sodir 
bo‘ladi. Shu temperatura shishasimon holatga o‘tish 400 – 600 
0
S va 
yumshoq 600 – 800 
0
S bo‘ladi. Shishalar tiniq bo‘lib, yorug‘likni 
yaxshi o‘tkazadi. Ular yorug‘lik nurini sindirish va qaytarish 
koeffitsientiga ega. Oddiy shisha yorug‘lik nurining 90 %ini o‘zidan 
o‘tqazadi, ultrabinafsha nurlarini deyarli xammasini yutadi. 
2-rasm. Anorganik 
shishalarning 
strukturasi. 
Shisha ma’lum temperatura oralig‘ida qizdirilgandan so‘ng, keskin sovitilsa, yorilmaydi. 
Shishaning eng muhim xususiyatlaridan biri chiziqli kengayish koeffitsienti 5,8*10
-7 
S
-1 
ga, 
temperaturaga bardoshliligi esa 1000 
0
S. Shisha 540 – 650 
0
S gacha qizdirib, yuqori temperatura 
ta’sirida havoda yoki moyda tez toblansa, ichki kuchlanishlar barqarorlashadi, mustaxkamlik 3 - 
6 barobar oshadi va zarbiy qovushqoqlik 5 - 7 marta oshadi. Shisha buyumlarga faqat termik 
usulda ishlov bermasdan, ximiyaviy va mexanik ishlov ham berish mumkin. 

Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling