4 – amaliy mashG‘ulot mavzu: metallmas materiallar va ulardan tayyorlanadigan detallarni o‘rganish Ishdan maqsad


Download 309.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.01.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1078209
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 - амалий машғулот

Rezinalar. 
Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tassavvur etib bo‘lmaydi. Rezinadan 
tayyorlangan vositalar esa juda keng qo‘llaniladi. Bulardan eng muhimi avtomobil shinalari
velosiped shinalari, suv osti yuruvchilarning kostyumlari, aerostat balonlari, shlanglar, 
protivogazlar, harakat uzatuvchi vositalar, elektr simlari sirtini qoplashda (kabellarni yasashda) 
foydalaniladi. 
Rezina – bu sintetik va natural kauchukning vulkanizatsiya natijasida olingan mahsulot 
bo‘lib, xalq xo‘jaligida va sanoatda keng ishlatiladi. 
Rezina yuqori plastik va undan tayyorlangan namunalar va yuqori elastiklik xususiyatiga 
ega bo‘ladi. Elastiklik xususmiyatiga ega bo‘lishi uchun birga uzilishda, yedirilishda yuqori 


qarshilik ko‘rsatadi, suv, gaz o‘tkazmaslik va yuqori dielektrikdirdir. Rezinaning elastiklik 
xususiyati cho‘zilishda, yedirilishda, silkinishda hosil bo‘lgan kuchni pasaytirishda qo‘llaniladi. 
Rezina - bu turli komponentlardan iborat. Uning xususiyati shu komponentlar miqdori va 
soniga 
qarab 
turlicha 
bo‘ladi. 
Rezinani 
hosil 
qiluvchi 
aralashmalarga 
kauchuk, 
vulkanizatsiyalovchi modda, vulkanizatsiyani tezlashtiruvchi, to‘latuvchi, qaritmaydigan, 
yumshatuvchi va bo‘yovchilar kiradi. 
Sun’iy va tabiiy kauchukni plastikligini va puxtaligini oshirish uchun sovuq yoki issiq 
xolda vulkanizatsiyalanadi. Vulkanizatsiyalovchi sifatida kauchukning tarkibiga 2 – 3 % 
oltingugurt kiritiladi. Vulkanizatsiyalash uzoq vaqt chuzilgani uchun unga 0,5 - 1,5 % 
tezlashtiruvchi qo‘shiladi, ya’ni magniy oksidi, sink oksidi va boshqalar. Tezlashtiruvchini 
aktivlashtirish uchun belila va magnezit qo‘shiladi. 
Fizik - mexanik xususiyatini oshirish uchun kompozitsiyaning tarkibiga to‘latuvchi 
kiritiladi. To‘latuvchilar kukunsimon va matolikka bo‘linadi. Kukunsimonga qorakuya, kaolin, 
marganes, mel, bo‘r, talk va boshqalar, matolik to‘latuvchilarga esa kort kiradi. 
Kauchukning oksidlanishi natijasida rezina qariydi, o‘zining elastikligini yo‘qotadi, 
mo‘rtlashadi, ya’ni fizik-mexanik xususiyati avvalgi holiga qaytmaydi. 

Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling