4- ma’ruza Elektryoyi va elektr yoyining xususiyati. Reja: O’zgaruvchan va o’zgarmas tok yoylarini o’chirish sharoiti. Past kuchlanishli yoylarni o’chiruvchi qurilmalarning tuzilishi. Elektr zanjirlarni elektr yoysiz o’chirish


Download 0.71 Mb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1522100
1   2   3   4   5
Bog'liq
4- ma’ruza

b) Yoy ustuni sohasi. Baland harorat ta’sirida zarrachaning tezligi neytral atom bilan to’qnashganda uni ionlashtiradigan qiymatgacha ortadi. Bunday ionizatsiya termik ionizatsiya deyiladi. Termik ionizatsiya natijasida hosil bo’lgan zaryadlar miqdori quyidagi tenglama bilan hisoblanadi: (1.1) x ─ ionizatsiya darajasi, berilgan hajmda ionlashgan zarrachalar sonining atomlarning to’la soniga nisbati; p ─ gazning mutloq (absolyut) bosimi, Pa; T ─ gazning mutloq (absolyut) harorati, K; Uiionizatsiya potentsiali, V.

Agar T= const, unda x2 1-ligini hisobga olsak, SHunday qilib, bosim ortsa x ─ ionizatsiya darajasi pasayadi. SHunga bog’liq holda yoyni o’chiradigan ko’p qurilmalarda gazning yuqori bosimi hosil kilinadi, bu esa yoyning o’chishiga olib keladi. Ionizatsiyaga haroratning ta’siri juda kuchli. Ikki atomli gazlar uchun ionlar hosil bo’lishi 6∙103K-da boshlanadi. Metall bug’lari esa 3000 ─ 4000 K-da hosild bo’ladi. SHuning uchun yoyni o’chirish qurilmalarida metall bug’lariningsh yoy ustuniga tushishining oldini olish choralari ko’rilishi kerak (eruvchan saqlagich kesimini ozaytirish, elektrodlar haroratini pasaytirish uchun yoyning elektrodlar bo’yicha siljishi, ya’ni ularning bug’lanishi oldini olish).

Barcha yoyni o’chirish qurilmalarida issiqlikni harakatdagi havo yoki gaz bilan olib ketish (havo, moyli o’chirgichlar), yoki yoyni o’chirish kamera devorlariga o’tkazish choralari ko’riladi. Yoy ustunida ionizatsiya bilan birga rekombinatsiya va diffuziya hisobiga deionizatsiya jarayonlari ham yuz beradi. Rekombinatsiya ─turliishoralizaryadgaegaionlarningbirlashuvihisobiga zarrachalarning neytrallashuvi. Yoy ustunida elektron va musbat zaryadli ionning rekombinatsiyasi ehtimoli juda kam (ularning massalari farqi katta!). Odatda elektron neytral zarrachani manfiy zaryadlaydi, keyin musbat va paydo bo’lgan manfiy ionlarning rekombinatsiyasi yuz beradi. Ko’rinib turibdiki, hajm birligida zaryadlar qancha ko’p bo’lsa, rekombinatsiya jarayoni ham kuchli bo’ladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling