4- ma’ruza Elektryoyi va elektr yoyining xususiyati. Reja: O’zgaruvchan va o’zgarmas tok yoylarini o’chirish sharoiti. Past kuchlanishli yoylarni o’chiruvchi qurilmalarning tuzilishi. Elektr zanjirlarni elektr yoysiz o’chirish


Download 0.71 Mb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1522100
1   2   3   4   5
Bog'liq
4- ma’ruza

Diffuziya hisobiga zaryadli zarrachalarning kamayishi tezligi yoy radiusining kamayishi bilan keskin ortadi. SHuning uchun yoynio’chirishqurilmalaridatoryoriqprintsipidanfoydalaniladi. Bu yoriqlar yoyga chidamli issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori devorlardan yasaladi. v) Yoyning energetik balansi. Ionizatsiya va deionizatsiya jarayonlari ko’p darajada yoy oralig’i harorati bilan belgilanadi. Harorat esa yoyda ajraladigan va undan uzoqlashtiriladigan issiqlik miqdoriga bog’liq. Yoyni sovutish nurlanish, issiqlik o’tkazuvchanlik va konvektsiya hisobiga amalga oshadi.

Havoda yonayotgan ochiq yoy uchun nurlanish bilan yoyda ajralayotgan energiyaning 15 ─ 30 foizi tarqab ketadi. Yopiq yoy o’chirgich uchun nur tarqatish bilan beriladigan ulushi kichik.

Gazda issiq o’tkazuvchanlik hisobiga issiqlikni tarqatish ko’proq uning haroratiga bog’liq. Masalan, 4000 K haroratda vodorod molekulalari atomlarga ajraladi. SHunda yoydan issiqlikning katta miqdori olib ketiladi. Tashqaridan kuzatilganda bu jarayon issiqlik o’tkazuvchanlikning keskin ortib ketishidek tuyuladi. Gazning issiqlik o’tkazuvchanligi uning tabiatiga bog’liq. SHu, vodorodning havoga nisbatan issiqlik o’tkazuvchanligi 17 baravar katta. O’zining yuqori issiqlik o’tkazuvchanligi hisobiga vodorod boshqa teng sharoitlari bo’lsa ham boshqalardan ko’ra yoy ustunini tezroq sovutishni ta’minlaydi.

Vodorod atmosferasida o’chirilayotgan tok bir xil bosimda havodagi tokdan ko’ra 7,5 marta katta. Yoy transformator moyida yonganda moy vodorod ajratib parchalanadi, bu esa yoyning effektiv o’chishiga olib keladi. Ayrim apparatlarda magnit maydoni ta’sirida yoy havoga nisbatan katta tezlikda ko’chadi (siljiydi), bu uning konvektsiya hisobiga sovushiga olib keladi. Issiqlik tarqatishning bu ko’rinishi issiqlik o’tkazuvchanlik kabi o’chirish jarayoni uchun belgilovchi faktor bo’lib hisoblanadi.

g) Anod atrofi sohasi. Elektronlar yoy ustunidan musbat elektronga ─anodga intiladi. Bu jarayonda anod katoddan yuqori haroratga qizisa ham, yoy razryadining yuzaga kelishi va saqlanib turishiga ta’sir qilmaydi. 2. Past kuchlanishli yoylarni o’chiruvchi qurilmalarning tuzilishi. Yoy o’chirish qurilmasining vazifasi shuki, yoyni o’chirish kichik vaqt oralig’ida, yo’l qo’yilgan o’ta kuchlanish sathi bilan, apparat qismlarining kichik yeyilishi bilan, qizigan gazlarning kichik hajmi bilan minimal ovoz va yorug’lik effektlari bilan ta’minlansin.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling